MTS-O’zbekiston kompaniyasi korporativ mijozlar uchun mobil Internet narxlarini arzonlashtiradi
16.07.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, «Korporatsiya» tariflarida Internet-trafikning narxi 4 marta arzonlashtirilshini ma’lum qiladi.

2010 yil 15 iyuldan «Korporatsiya 500», «Korporatsiya 1000», «Korporatsiya 1500», «Korporatsiya 2500» va «Korporatsiya 5000» tarif rejalari abonentlari uchun mobil GPRS-Internet narxi arzonlashdi. Endi uning narxi atigi – $0,04 (1 Mb uchun).

«Biz MTS abonentlarining mobil Internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish strategiyasini amalga oshirishni davom ettirmoqdamiz. Ushbu dastur doirasida biz mobil Internetning narxlarini ancha arzonlashtirdik, shu orqali mobil Internet-servislardan foydalanish soni yanada ko’payadi», – deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shadmonov.

«Korporatsiya» tarif rejalariga MTS tarmog’ida 3 tadan ortiq aktiv raqamga ulangan va undan foydalanadigan yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar ulanishlari mumkin.

«Korporatsiya» tarif rejalariga ulangan abonentlarga xizmat ko’rsatish uchun MTS ofislarida alohida mijozlar bilan ishlaydigan Departamentning maxsus ajratilgan xodimlari ishlaydi. Bundan tashqari, kompaniyaning korporativ mijozlari uchun alohida kechayu kunduz ma’lumot xizmatining 0990 raqami ishlaydi.

Qo’shimcha ma’lumot
Batafsil ma’lumotni MTSning www.mts.uz saytida va 0990 raqami orqali kechayu kunduz ishlaydigan ma’lumot markazida olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq