MTSning «GPRS-paketlar» xizmatida Internet trafik narxi rekord darajada arzonlashdi
15.07.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, yangi ikkita «Internet 2000» va «Internet 5000» GPRS-paketlari ishga tushirilishini, hamda mavjud bo’lgan «GPRS-pakeltarda» narxlarning rekord darajada arzonlashtirilishini ma’lum qiladi.

MTS-O’zbekiston kompaniyasi mobil Internetning aktiv foydalanuvchilariga mo’ljallangan takliflar ro’yxatini kengaytirmoqda. 15 iyuldan MTS-O’zbekiston abonentlariga GPRS-Internet xizmatiga sarflanadigan xarajatlarni samarali tejash imkoniyati berilmoqda. Endi abonentlarga, Internet trafikining yanada arzonlashtirilgan narxlarda GPRS-paketlari taklif etilmoqda. Abonentlar yettita GPRS-paketdan o’zlariga mosini tanlab olishlari mumkin:
mts2_15_07_2010

«Mobil Internet foydalanuvchilari soni faollik bilan ortib bormoqda. Mijozlarimiz mobil Internetdan kundalik hayotida, ishda, o’qishda va uyda foydalana boshladi. Shu sababli kompaniyamiz abonentlarning dolzarb ehtiyojlarini qondirishga harakat qilmoqda va mobil Internetga sarf-xarajatni sezilarli darajada kamaytirishga imkon beruvchi yangi arzonlashtirilgan GPRS paketlarni taklif etmoqda», – deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shadmonov.

Bitta raqamga bir vaqtda 2 tagacha «GPRS-paket»ni ulash mumkin. Har bir paketning amalda bo’lish muddati aktivlashtirilgan kundan boshlab 30 kun.

Paket narxi aktivlashtirilganda olinadi.

MMS/WAP/GPRS xizmatlaridan foydalanish uchun mobil telefonni sozlash kerak. «Sozlab ol» bepul xizmatning qisqa 0876 raqamiga qo’ng’iroq qilib, avtomatik sozlashlarni olish mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot
Tariflar va xizmatlar haqida batafsil ma’lumotni www.mts.uz saytida olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq