MTS-O’zbekiston kompaniyasining «Tungi Internet» xizmati: 1 Mb uchun atigi $0,02
15.07.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, 2010 yil 15 iyuldan boshlab «Tungi Internet» xizmatining foydalanuvchilari mobil Internetdan rekord darajada arzon narxda foydalanishlari mumkinligini ma’lum qiladi. Endi bir megabayt Internet uchun atigi $0,02.

Kompaniya abonentlariga har kuni tunda 01:00 dan 08:00 gacha mobil Internetdan foydalanish imkonini beradigan «Tungi Internet» xizmati yanada qulaylashdi. Endi mobil Internetdan aktiv foydalanuvchilar ancha arzon narxda saytlarga kirishlari, elektron pochtadan foydalanishlari va grafik va videofayllarni ko’chirib olishlari mumkin, bunda bir megabayt narxi atigi $0,02. Buning ustiga «Tungi Internet» xizmatida abonent to’lovi yo’q.

«МТS kompaniyasi mobil Internetning aktiv foydalanuvchilariga mo’ljallangan o’z xizmatlarini doimo takomillashtirib boradi. Shu sababli bugun biz qaysi tarifga ulanganlaridan qat’i nazar, abonentlarimizga «Tungi Internet» xizmatini taklif qilamiz, va mobil Internetdan eng arzon narxda foydalanish imkonini beramiz», – deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shadmonov.

«Tungi Internet» xizmati narxlari:

mts_15_07_2010

«Tungi Internet» xizmatiga bepul ulanish:

• USSD-komanda yordamida:*111*0241#;
• «Mobil portal» yordamida: *111#;
• 616024 raqamiga SMS orqali «1» yuborib;
• «Shaxsiy kabinet» orqali.

*WAP/MMS/GPRS-Internet xizmatidan foydalanish uchun abonent to’lovi – $0,02 (kuniga).

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq