МТS kompaniyasi «МТS-Konnekt» tarif rejasida narxlarni arzonlashtirmoqda
15.07.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, «МТS-Konnekt» tarif rejasida Internet trafik narxini 2,5 marta arzonlashishini ma’lum qiladi.

2010 yil 15 iyuldan boshlab «МТS-Konnekt» tarif rejasidan foydalanayo’tgan va barcha yangi ulangan abonentlar uchun 1 Mb Internet-trafik narxi 10 sentdan 4 sentga arzonlashtirildi. Bundan tashqari, «МТS-Konnekt» tarifida GPRS-MMS+WAP+INTERNET xizmatidan foydalanganda abonent to’lovi olinmaydi, xizmatning o’zi esa avtomatik ravishda yoqiladi.

Ta’kidlash lozimki, 2010 yil 31 avgustgacha «МТS-Konnekt» tarif rejasiga ulangan barcha abonentlar bepul «Internet 25» GPRS-paketiga ega bo’ladilar. Buning ustiga, ushbu tarif rejasida O’zbekiston bo’yicha barcha kiruvchi qo’ng’iroqlar mutlaqo bepul, tarmog ichidagi chiquvchi barcha qo’ng’iroqlar esa atigi $0,02 (1 daq. uchun). «МТS-Konnekt» tarif rejasida abonent to’lovi kuniga atigi – $0,02.

«Ishonchimiz komilki, mobil Internet nafaqat tez va sifatli bo’lishi, balki foydali ham bo’lishi kerak. Aynan shu sababli, kompaniyamiz o’z tarif rejalarini abonentlar foydasiga arzonlashtirish uchun doimo yangi imkoniyatlarni izlamoqda. Narxlarning bu safargi arzonlashtirilishi — MTS kompaniyasining xizmatlaridan barcha O’zbekiston fuqarolari foydalana olishi uchun, hamda Mobil Internetni ovozli aloqadek odatiy va qulay bo’lishi uchun navbatdagi qadamdir», – deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shadmonov.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq