MTS-O’zbekistondan yangi «Qo’shimcha megabaytlar» aksiyasi
06.07.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, 2010 yil 6 iyuldan 31 avgustgacha bo’lib o’tadigan yangi «Qo’shimcha megabaytlar» aksiyasi boshlanganini e’lon qiladi.

Mazkur aksiya doirasida «MTS-Konnekt» tarif rejasiga yangi ulangan barcha abonentlar uchun avtomatik ravishda 25 Mb bepul trafikkka ega «Internet 25» GPRS-paketi aktivlashtiriladi.

Bundan tashqari MTS-O’zbekiston brendli E1550 va MF100 USB-modemlarini xarid qilgan barcha abonentlar esa «Internet 1000» GPRS-paketidagi 1000 Mb bepul Internet trafikka ega bo’ladilar. Ta’kidlash lozimki, abonent USB-modemni xarid qilganda, uni ichida maxsus karta joylashtirilgan. Bu kartaning himoya qatlami ostida maxsus kod mavjud. Bepul «Internet 1000» GPRS-paketini aktivlashtirish uchun abonent himoya qatlamini o’chirib, ko’rsatilgan kodni SMS orqali 901 raqamiga yuborishi kerak.

«MTS-Konnekt» tariff rejasi va Internetga ulanish uchun brendli USB modemlar – faqatgina aloqada bo’lish uchungina emas, balki ma’lumot almashish uchun qulay echimdir, shu bilan birga yaqinlar bilan Internet orqali istalgan zarur vaziyatda – yo’lda, shahardan tashqarida yoki uyda muloqotda bo’lish imkoniyatidir. Mobil Internetdan aktiv foydalanuvchilar uchun kompaniyamiz “Qo’shimcha megabaytlar” aksiyasida ishtirok etishni va Internet tarmog’iga kirishda o’zingizni cheklamaslikni taklif etadi», – deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasi Bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.Shadmonov.

«MTS-Кonnekt» tarifiga ulanish, MTSning brendli USB-modemini kompaniyaning rasmiy dilerlaridan xamda rasmiy ta’minlovchi Sharifa.Com va TS Tehnology korxonalaridan xarid qilish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq