“Bilayn” SMS larni elektron pochtaga yuborishga yordam beradi
22.06.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Bilayn” yagona aloqa opеratori (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) “SMS to E-Mail” xizmatini ishga tushirganligini ma’lum qiladi.

Yangi xizmat yordamida “Bilayn” abonentlari xabarlarni mobil telefon yordamida SMS tarzida elektron pochtaga yuborishlari mumkin. “SMS to E-Mail” servisidan foydalanish uchun Internetga ulanish shart emas.

Voqеani izohlar ekan, “Unitel” jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha katta mеnеjеri Oraz Abdurazakov shunday dеdi: “Bizning ko‘pgina mijozlarimiz uchun elektron pochta bilan doimiy aloqa zarur. Albatta, “Bilayn” mobil Internetning ko‘plab imkoniyatlarini taqdim etadi, ammo ayrim sabablarga ko‘ra – jumladan malakaning yoki mos keluvchi telefon apparatining yo‘qligi, — ba’zi abonentlar undan foydalana olishmaydi. Yangi xizmat barchaga birdek mos keladi, chunki buning uchun tarmoqqa kirish ham, mobil brauzerlardan foydalanish ham kerak emas”.

Xabarni yuborish uchun quyidagilar zarur:

• Yangi SMS yaratish;
• Xabarning o‘zida E-mail ni yozish va probeldan so‘ng – xabar matni yoziladi (masalan: adresdruga@pochtadruga.uz Salom, ishlar qanday?);
• Xabarni qisqa 083 raqamiga yuborish.

Xizmatni yoqish shart emas, hamda u “Bilayn”ning barcha abonentlari uchun mavjud. SMS-xabarni elektron pochtaga yuborish narxi $0,03 turadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq