BEST SOFT UZBEKISTAN 2010 dasturiy mahsulotlar Milliy ko‘rgazmasi. Ishtirokchi va tashrif buyuruvchilarning rekord soni
22.05.2010
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

best_22_05_2010

18-19 may kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport majmuasida an’anaviy BEST SOFT UZBEKISTAN 2010 dasturiy mahsulotlar Milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma to‘rtinchi bor o‘tkazilmoqda va rekord sonli ishtirokchilarni qabul qildi.

O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari Assosiatatsiyasi ko‘rgazma tashkilotchisi sifatida ishtirok etdi. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi axborotlashtirish va kommunikatsiya texnologiyalari Qo‘mitasi tadbirlarga rasmiy homiylik qildi. Ko‘rgazma BMT Rivojlanish Dasturining «Mamlakat rivojlanishi uchun AKT siyosatini ifoda etish va joriy etishda O‘zbekiston Respublikasiga yordam ko‘rsatish» (ICTP) loyihasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va O‘zbekiston Respublikasining “Barkamol avlod” davlat dasturida ifoda etilgan 2010-yilda axborotlashtirish sohasidagi ustuvor tadbirlar ro‘yxatiga kiritilgan, bu holat BEST SOFT UZBEKISTAN 2010 ko‘rgazmasini poytaxtimiz hayotidagi muhim hodisaga aylantiradi. Ushbu ko‘rgazma O‘zbekiston softver industriyasi yutuqlarini namoyish etuvchi respublika miqyosidagi hodisa sifatida strategik ahamiyatga ega bo‘ladi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida ushbu yo‘nalish O’zbekistonda davlat siyosatining diqqat markazida ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

best_22_05_2010_2

Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning qator farmonlari bilan dasturiy mahsulotlar yaratishga ixtisoslashgan korxonalar uchun katta imtiyozlar belgilab berilgan. Bularning barchasi respublikamiz softver industriyasining jadal rivojlanishi uchun resurslar bazasini shakllantirishga imkon berdi. Shu bilan birga, BestSoft Uzbekistan tadbirlarini o‘tkazish joyi – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tanlab olinishi ham tasodifiy emasligi ta’kidlab o‘tildi. Ushbu tadbirlarning universitetda o‘tkazilishi talabalarga kasb tanlashlarida yaqqol namuna va yaxshi rag‘bat bo‘lib hamda mamlakatimiz malakali dasturchilari qatorini kengaytirishda o‘z hissalarini qo‘shishlariga xizmat qilishi mumkin.

O‘zbekistonda dasturiy ta’minotlar yaratish, ishlab chiqarish va tatbiq etish bilan shug‘ullanuvchi 225 subyektlar faoliyat yuritmoqdalar. Ko‘rgazmada 70 dan ortiq milliy va chet el kompaniyalari o‘z stendlarini namoyish etdilar. Ular qatorida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar, kontent-loyihachilar, provayderlar, ilmiy va ta’lim institutlari, vazirliklar va idoralar vakillari bor. Ko‘rgazma stendlarining umumiy maydoni 550 kv metrni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan taxminan ikki barobarga oshdi. Ikki kun davomida ko‘rgazmaga 12 kishi tashrif buyurdilar, o‘tgan yili esa ularning soni 8 mingga yaqinni kishini tashkil etgan.

Ko‘rgazma Milliy ko‘rgazma bo‘lishi va ishtirokchilar ko‘p qismi – bular Milliy kompaniyalar bo‘lishiga qaramasdan, unda Microsoft korporatsiyasi kabi yetakchi xalqaro kompaniyalar ham ishtirok etganlarini ham ta’kidlab o‘tish zarur. Ushbu jahondagi katta softver kompaniyasi dasturchilar Forumi va BEST SOFT UZBEKISTAN 2010 ko‘rgazmasi bosh homiysi bo‘lishi bilan bir qatorda, ishtirokchilarga katta stend taqdim etib va mutaxassislarga qator hisobotlar va seminarlar taklif qilib, faol ishtirokchilardan biri bo‘ldi.

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tizimi korxonalari ham ko‘rgazmada o‘z stendlarini taqdim etdilar: UNICON.UZ ilmiy-texnik marketing tadqiqotlar Markazi, UZINFOCOM Markazi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash Markazi va boshqalar.

Ko‘rgazma dasturi juda sermazmun bo‘ldi, ikki kun davomida ko‘rgazma bilan bir qatorda auditoriyalarda 15 seminar, 10 master-klasslar o‘tkazildi. O’quvchilar orasida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha respublika tanlovlari tashkil etildi:

«Dasturiy mahsulot – yil rusumi», «IT- ta’lim sohasida eng yaxshi kompaniya», «2010-yilda tatbiq etilgan eng yaxshi loyiha», «Eng yaxshi talabalar loyihasi», «Eng yaxshi innovasion kompaniya» va «Eng yaxshi xaridorgir dasturiy ta’minot».

19-may kuni ushbu tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

best_22_05_2010_6

«Dasturiy mahsulot – yil rusumi» nominatsiyasida «Mening shahrim. Ta’lim» axborot-izlash tizimi» mahsulotini taqdim etgan NORMA HAMKOR kompaniyasi g‘olib bo‘ldi.

«IT-ta’lim sohasida eng yaxshi kompaniya» nominatsiyasida tanlovda O‘zbekistonda shaxsiy Softline o‘quv markazini taqdim etgan «Softline International» sho‘ba korxonasi g‘olib bo‘ldi.

«2010-yilda tatbiq etilgan eng yaxshi loyiha» nominasisida ikkita kompaniyalar:
— «Davlat organlarida elektron-raqamli imzolarni qo‘llab, elektron hujjat almashishni tatbiq etish tizimini joriy etish» loyihasi bilan GUP «UNICON.UZ» ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari Markazi;

best_22_05_2010_7

— «Universal Sugurta» YOAJ OSAGO da sug‘urta shartnomalarini va shartnomalar hisobini olib borish tizimini tatbiq etish» loyihasi bilan «FIDO-BIZNES» OAJ kompaniyalari g‘olib bo‘ldilar;

«Eng yaxshi innovatsion kompaniya» nominatsiyasida ikkita, «INTELLIGENT SOLUTIONS» OAJ va «NYUMAKS TECHNOLOGY» OAJ kompaniyalari g‘olib bo‘ldilar:

«Dasturiy mahsulot – yil rusumi» nominatsiyasida «BEM – Buxgalterga elektron madad» dasturiy mahsuloti bilan «BEM SYSTEMS» kompaniyasi g‘olib bo‘ldi.

best_22_05_2010_8

«Eng yaxshi talabalar loyihasi» nominatsiyasida TATU talabasi Alisher Ashurov g‘olib bo‘ldi, u «Adobe Dreamweaver CS4» multimediali videokursini taqdim etdi. Aytgandek, jurnalimiz ushbu sonida Alisherning loyihasi haqidagi maqolasini chop etmoqdamiz.

Ushbu nominatsiyada quyidagi talabalarga rag‘batlantirish diplomlari taqdim etildi:

Asror Zokirovga «MsOffice Tutor ta’lim, interfaol-multimediali dasturi» (Asror bundan tashqari Microsoft korporatsiyasining maxsus sovrini bilan ham taqdirlandi), Bekzod Asatullayev «O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari markazlashgan hisobotini olib borish va ma’lumotlar bazasini tashkil qilish dasturi – «Luz» (landscape of Uzbekistan)» va TATU Farg‘ona filiali talabasi Rustam Barnashev, «Sanepidsoft dasturi» loyihasi uchun.

Ko‘rgazma ikkinchi kunida bir necha minglab ishtirokchilarni jalb qilgan ommaviy tadbir o‘tkazildi. Bu «Lavozimlar yarmarkasi –IT- mutaxasislari lavozimlari kuni» bo‘ldi. Ushbu yarmarkada 30 ga yaqin kompaniyalar ishtirok etib, ular axborot texnologiyalari sohasida istiqbolli lavozimlar taklif etdilar.

BEST SOFT UZBEKISTAN 2010 ko‘rgazmasi haqida ishtirokchilar va tomoshabinlardan kichik intervyular olib, ularning taassurotlarini bilib olishga qaror qildik.

best_22_05_2010_11

Natalya Krichagina, Brand.uz kompaniyasi vakili
— Biz ko‘rgazmada birinchi bor ishtirok etdik. Ko‘rgazmada ishtirok etganimizdan juda mamnunmiz, chunki deyarli barcha hamkasblarimiz va hamkorlarimiz shu yerda to‘plandilar va kim nimalarni taklif etishini ko‘rish mumkin bo‘ldi. Kompaniyamiz uchun bir necha foydali aloqalar o‘rnatdik, anchadan beri internetdan izlab yurgan insonlarni, aynan shu yerda, ko‘rgazmada uchratdik. Ko‘pchilik tashrif buyuruvchilar shunchaki tomosha qilish uchun emas, balki masalan o‘zlariga ish topish va o‘z xizmatlarini taklif etish uchun kelganliklari bizni quvontirdi. Shuning uchun hatto, kompaniyamizda yosh mutaxassislar uchun qandaydir tajriba orttirish yoki amaliyotlar tashkil qilish mumkinligi haqida o‘ylay boshladik.

— Sizning Brand.uz kompaniyangiz kabi veb-kompaniyalar softver ko‘rgazmasida ishtirok etmasligi kerak degan fikrlarga qanday munosabatdasiz?
— Nima uchun ishtirok etmasligimiz kerak. Internetning o‘zi dasturiy mahsulotlar va dasturlashtirishga to‘la asoslangan. Veb-kompaniya ham o‘zining dasturlashtirish ishida turli DT’lardan foydalanadi va bu ham biznes asosi hisoblanadi, shuning uchun BEST SOFT UZBEKISTAN 2010 ko‘rgazmasida ishtirok etishimiz asoslidir.

Yevgeniy Sklyarevskiy, ko‘rgazma mehmoni va Uznet mashhur xodimi.
— Ko‘rgamadan olgan taassurotlaringiz qanday. Sizga nimalar yoqdi?

— Ko‘rgazma menga juda yoqdi. Bu yil ko‘rgazmada ko‘pchilik ishtirok etmoqda va barchasi jamlangan, tanishib va o‘rganish uchun materiallar juda ko‘p. Microsoft korporatsiyasi stendi juda yoqdi, bu yerda, Microsoft korporatsiyasi HP uskunalari va dasturiy ta’minotlari namoyish etilgan. «Radjabov F.F.» XK stendi ham juda qiziqarli, bu yerda faqatgina katta kompaniyalar amalga oshira oladigan qiziqarli mahsulotlar taqdim etilgan. Shuning bilan birga, ushbu qurilmalar va ular uchun dasturiy ta’minotlar tadbirkorning o‘zi tomonidan yaratilgan. Umuman olganda, ko‘rgazmadan juda xursandman. Kamchiliklar sifatida ko‘rgazma saytida axborotlar darajasi va umuman internetda faollik darajasi yuqori emasligini aytmoqchiman. Ko‘rgazma qanday o‘tayotganligi, kimlar ishtirok etayotganliklari, nimalar taklif etilayotganligi haqida bloglar, yoki muntazam to‘ldirilib boriladigan e’lonlar bo‘lishini istardim. Axir ko‘rgazmada har kim ham shaxsan ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmasligi mumkin. Ko‘rgazma tayyorgarlikdan tortib, to qanday yakunlanganishigacha internetda to‘la taqdim etilishi kerak. Boshqa tomondan, ko‘rgazma muvaffaqiyatli o‘tdi.

best_22_05_2010_12

German Stimban, Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazi Linux laboratoriyasi rahbari
— Ushbu ko‘rgazmada biz markazimizda ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarni taqdim etdik. Bular, xususan, Doppix operasion tizimi, dasturiy mahsulotlar: «KaDaTa» elektron kutubxonalari uchun dasturiy ta’minot, maxsus LSS (Language Study Software) dasturimiz – lingafon kabinetlarida qo‘llaniladigan chet tillariga o‘rgatuvchi axborot tizimi va nihoyat, HRCS DaTa xodimlari ulanishlarini nazorat qilish va haqiqiy ish vaqtlari hisobotini nazorat qilish tizimi. Ko‘rib turganingizdek, mahsulot ko‘p va ular turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan.

Stendimizga qiziquvchilar ko‘p bo‘lgani sababli, disklar va fleshkalarga yozaverishdan kompyuter ham «charchab qoldi» va biz ko‘rgazmadan keyin ham barchani tanishtirishga va’da berib, ularga tashrif qog‘ozi tarqatishga majbur bo‘ldik. Mahsulotlarimiz bilan barcha kategoriya ishtirokchilar, davlat xizmatchilari ham, talabalar, dasturchilar va boshqa softver kompaniyalaridan hamkasblarimiz ham qiziqqanlari bizni juda quvontirdi. Ko‘rgazma ko‘plab yangi kompaniyalar va yangi mahsulotlar paydo bo‘lganligi hamda tashrif buyurganlarning mahsulotlarimizga qiziqishlari bilan yodda qoldi.

best_22_05_2010_13

Rajabov Farxod Farmonovich, xususiy tadbirkor
— Men tibbiyot asboblari va mikrokontrollerlar, ASU uchun tizimli va amaliy dasturiy ta’minotlar yaratish bilan shug‘ullanaman. «Supramed» firmasi buyurtmasi bo‘yicha O‘zbekiston fanlar akademiyasi issiqlik fizikasi instituti bilan hamkorlikda bir necha tibbiyot diagnostika asboblarini, xususan, kardiograf, reograf va elektroensefalograflarni yaratdik. Ushbu asboblarning barchasini o‘zimiz ishlab chiqdik, shifokorlarning ehtiyojlarini hisobga olib, ular uchun dasturiy ta’minotlarni yaratdik, ya’ni ham apparatli va ular uchun dasturiy ta’minotlarni taqdim etamiz. Ba’zi ishlanmalarimizni hozirda seriyali ishlab chiqarishni boshlaganmiz. Bugungi kunda o‘z asbobiga ega tibbiyot asbobini ishlab chiqarish ustida ishlamoqdamiz. Ya’ni, pechat platalari va ular uchun dasturiy ta’minotlardan tortib, tayyor asboblarni ham o‘zimiz ishlab chiqaramiz. (Ilova: Farxod Farmonovich ishlanmalari bilan uning shaxsiy http://ffr63.narod.ru/ saytida tanishish mumkin)

Ko‘rgazmada ikkinchi bor ishtirok etmoqdaman va bu mening uchun juda foydali deb ayta olaman. Birinchidan, bu yerda o‘z hamkasblarim, dasturchilar bilan uchrashaman, yangiliklardan xabardor bo‘laman, ko‘rgazmaga ko‘plab buyurtmachilar tashrif buyuradilar. Ko‘rgazma sababli ham biz ko‘p funksiyali asbob ishlab chiqishga grand g‘olibi bo‘ldik. Shunday qilib, ko‘rgazma – juda foydali va kerakli tadbir. Ko‘rgazmada mahalliy dasturchilarimiz soni ortib borishi juda quvontiradi.

best_22_05_2010_14

Talib Mirzakulov, Vector Soft kompaniyasi direktori
— Ilgari ko‘rgazmada veb-studiya sifatida ishtirok etganmiz, ammo bu yil DT loyihachisi sifatida ham ishtirok etmoqdamiz. Biz masofali ta’lim tizimini va hujjatlar ijrosini nazorat qilish tizimini taqdim etdik. Kompaniyamiz haqida ma’lumotlarni www.vector.uz saytidan olish mumkin. Ushbu ko‘rgazma eksibitorlar hamda tashrif buyuruvchilarning yuksak faolliklari bilan yodimizda qoldi.

best_22_05_2010_15

Bazarov Rustam, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi matematika va axborot texnologiyalari instituti laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi.
— Ko‘rgazmada biz murakkab matematik masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan grid-texnologiyalarini taqdim etdik. Grid-hisoblash — bu taqsimlangan hisoblashlar shakli bo‘lib, unda «virtual superkompyuter» juda ko‘p sonli topshiriqlarni (operatsiyalar, ishlar) bajarish uchun birgalikda ishlaydigan, bo‘sh bog‘langan kompyuterlar tarmog‘i yordamida birlashtirilgan klaster ko‘rinishida taqdim etilgan. Ushbu texnologiya yechish uchun katta hisoblash resurslarini talab qiluvchi ilmiy, matematik masalalarni yechish uchun qo‘llanildi. Yaqin kunlargacha Markaziy Osiyo grid-hisoblashlar xaritasida o‘z o‘rniga ega bo‘lmagan. Uch yil ilgari shaxsiy tarmog‘imizni yaratish bo‘yicha ishlarni boshladik, 0,5 Megaflop hisoblash quvvatiga ega uskunalarni oldik, oraliq dasturiy ta’minotni yaratdik va bugungi kunga kelib, Rossiya va Ukrainadagi qudratli grid-uzellariga ulanganmiz. Kelajakda, bizda ham, O‘zbekiston va undan tashqarida yana grid-uzellar paydo bo‘ladi deb ishonamiz. Samarali ishlashi uchun yuqori tezlikdagi aloqa kanallari talab etilishi Grid-texnologiyalari kamchiliklari hisoblanadi. Misol uchun, bizning uzelimiz uchun 100 Mbit/s va undan yuqori tezlik talab etiladi. Bugungi kunda bizga shunday kanalni hech kim taqdim eta olmaydi, ammo ko‘rgazma doirasida biz O‘zAAA rahbariyati bilan juda mazmunli suhbatda ishtirok etdik va ular mana shu texnik masalasini hal etilishidan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Umuman olganda, akademik institutlardan hamkasblarimiz, talabalar, TATU rektorati bilan muloqotda bo‘lish juda qiziqarli bo‘ldi. Shuning uchun, ko‘rgazma samarali o‘tdi deb hisoblayman.

best_22_05_2010_16

Igor Borovikov, Softline kompaniyasi direktorlari kengashi raisi
— O‘zbekistonda birinchi bor bo‘lishingizmi?

— Toshkentda juda ko‘p bo‘lganman. Birinchi bor besh-olti yil ilgari, O‘zbekistonda ofisimizni ochishni rejalashtirayotganimizda bo‘lganman.

— Softline Kompaniyasi ko‘rgazmalarda, seminarlar, sammitlar, dasturchilar forumlari va O‘zbekiston IT-assosiatsiyasi ishlarida juda faol ishtirok etadi. Bu kompaniyangiz uchun qanchalik foydali?
— Men gapni uzoqdan boshlayman. Axborot texnologiyalari har qanday davlat hayotining juda muhim elementi, deb hisoblayman. Bu go‘yo ajdodlarimiz bir necha yuz yillar ilgari temir yo‘llar qurganlari kabi, ularsiz bugungi kunda rivojlangan Rossiya yoki O‘zbekiston bo‘lmasdi. Xuddi shu kabi AKT siz hech bir davlat rivojlana olmaydi. Bizning va bizdan keyingi avlodning vazifasi har bir mamlakatda IT-industriyasini, IT-biznesini yaratishdan iborat. Shu yerda IT-industriyasi deganda qandaydir g‘arb yechimlarini sotish bilan shug‘ullanishni emas, balki aynan ushbu bozorda ishlab chiqilgan dasturlarni nazarda tutayotganligimni aytib o‘tmoqchiman. Softline kompaniyasi biz faoliyat olib boradigan, Venesueladan tortib, to Vetnamgacha, dunyoning har bir 17 mamlakatlarida faol marketing yo‘nalishida ishlaydi.

— O‘zbekistonda biznesning rivojlanishidan qoniqish hosil qildingizmi?
— Agar umuman oladigan bo‘lsak, unda O‘zbekistonda biznesdan biz juda mamnunmiz. U juda jadal rivojlanmoqda va agar, misol uchun. jahon iqtisodiy inqirozi sababli IT-bozorning 30 yoki 40 foizga tushib ketganligini oladigan bo‘lsak, O‘zbekistonda esa hatto o‘sishni kuzatdik. Albatta ayrim muammolar ham bor, ammo boshqa tomondan, bozorning katta imkoniyatlarini ham ko‘rmoqdamiz va hatto shu yerda, ko‘rgazmada ham axborot texnologiyalari bilan qiziquvchi ko‘p sonli yoshlarni ko‘rib turibmiz. Keyinchalik shu yoshlarning 15 foizi yoki undan ko‘p qismi o‘zlarining kichik kompaniyalarini tashkil qilsalar, dasturlar yaratsalar va o‘z bizneslarini rivojlantirsalar juda xursand bo‘lardim. Softver bozoriga chiqish juda oson. Qandaydir g‘oyani ilgari surish, shaxsiy dasturni yozish va uni butun dunyoda sotish mumkin.

best_22_05_2010_17

Ivan Mizdrikov – Microsoft korporatsiyasining ta’lim sohasidagi loyihalarni rivojlantirish menejeri
— Ushbu ko‘rgazmada biz birinchi bor Markaziy Osiyoda Windows turkumi yangi mahsulotini, ta’lim muassasalari uchun maxsus ishlab chiqilgan va axborot texnologiyalaridan keng foydalanishni ta’minlab, tejamkorlikka imkon beruvchi Windows MultiPoint Server 2010 operasion tizimini taqdim etdik. Mahsulotning g‘oyasi juda oddiy. Shunchaki, bir necha monitorlar, klaviaturalar va sichqonchalarni ulab, bir kompyuter yordamida bir necha foydalanuvchilarning mustaqil ishlashlarini tashkil qilish imkoni paydo bo‘ladi. Bizning stendimizda, HP MultiSeat Computing apparat yechimini bizga taqdim etgan HP kompaniyasi bilan hamkorlikda birinchi navbatda, kompyuter o‘rinlari yetishmaydigan o‘quv muassasalari uchun mo‘ljallangan dasturiy-apparatli majmuani taqdim etdik. Shunday qilib, kompaniyalarimiz global hamkorligini amalga oshiramiz. Batafsil ma’lumotlarni www.microsoft.com/multipointserver va www.hp.com/go/edumultiseat saytlaridan olish mumkin.

Bizning stendimiz O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, shunchaki talabalar va yoshlar o‘rtasida, ushbu yechimdan foydalanishga ulgurgan hamkorlarimiz o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Men ko‘rgazma juda yuqori saviyada tashkil etilganligini aytib o‘tmoqchiman. Ko‘p sonli mahalliy softver kompaniyalarini ko‘rish juda xursand qildi. Bu esa hozirgi kunda sodir bo‘layotgan jadal rivojlanishlardan dalolatdir. Ko‘rgazmada faqatgina distributsiya bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalardan tortib hamda keng turlardagi shaxsiy yechimlarini taklif etuvchi kompaniyalargacha yechimlar barcha turlarini kuzatdik.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq