UCell: «Ulaning va Yutib oling» – mega-aksiyasi
20.05.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

XK «COSCOM» MChJ (UCell savdo belgisi ostida xizmat ko’rsatadi), O’zbekiston Respublikasidagi ikkinchi uyali aloqa operatori, yangi aksiya haqida e’lon qiladi. Endi yangi abonentlar “Ulaning va Yutib oling” aksiyasi doirasida UCell kompaniyasiga ulanganlarida turli sovq’alar va bepul daqiqalarga ega bo’ladilar.

Har bir yangi mijoz yutug’ni qo’lga kiritishi mumkin. Ikki kishi uchun 15ta Turkiyaga sayohat, 60ta Samsung plazma televizorlari, 75ta UCell telefonlari va bepul daqiqalar o’z egalarini kutmoqda. Buning uchun UCellga ulanish kifoya. Aksiya 2010 yil 30 iyungacha davom etadi.

Lekin aynan kim ushbu sovg’alarni qo’lga kiritadi? Har 1000-nchi abonent O‘zbekiston bo‘ylab so’zlashuv uchun 1000 bepul daqiqaga ega bo‘ladi, har 5000-nchi abonent UCell telefoniga, har 10000-nchi abonent Samsung plazma televizoriga, har 50000-nchi abonent ikki kishilik Turkiyaga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Biroq bu hali hammasi emas. 2010 yil 30 iyungacha ulangan barcha abonentlar uch oy davomida har oy 30 bepul daqiqa va 30 SMSga ega bo‘ladi.

“UCell o’z abonentlari haqida o’ylaydi. Biz ham hozirgi mijozlarimiz, ham yangi, endigina kompaniyamizga ulangan abonentlarni rag’batlantirishga harakat qilamiz.” – dedi XK «COSCOM» MChJning Bosh direktori janob Oguz Memiguven. “Biz ularni yanada ko’proq sovrinlar, aksiyalar va bonuslar bilan hursand qilishni davom ettiramiz.”

Batafsil ma’lumotni www.ucell.uz internet sahifasidan olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq