MTSning korporativ mijozlari uchun yangi «Korporativ Good’OK» xizmati
10.05.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi MTSning korporativ mijozlari O’zbekistonda ilk marotaba noyob «Korporativ Good’OK» xizmatidan foydalanishlari mumkinligini ma’lum qiladi. Ushbu xizmat oddiy uzun kutish gudoklarini korparativ musiqa yoki ovozli xabarlarga almashtirish imkonini beradi.

«Korporativ GOOD’OK» xizmati — bu noyob servis bo’lib, uning yordamida korporativ mijozlar o’z kompaniyalarining xodimlari telefonlariga oddiy uzun gudoklar o’rniga korporativ musiqa yoki foydali ovozli ma’lumot o’rnatishlari mumkin. Ushbu xizmatdan foydalanib, korporativ mijozlar o’z korxonalarining korporativ uslubini va innovatsionligini yana bir bor ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

«Korporativ GOOD’OK» xizmati:

• Kompaniya raqamlariga korporativ musiqa o’rnatadi, ushbu musiqa brend yoki kompaniya faoliyatiga aloqador bo’lib, bir sutkadagi vaqt yoki bir haftadagi biror kunga qarab, barcha kiruvchi qo’ng’iroqlar uchun oddiy chaqiriq signallari o’rniga yangraydi;
• Telefon orqali suhbat boshlanguniga qadar o’z hamkorlariga foydali ma’lumotni yetkazadi (masalan, ofis ish vaqti, kompaniyangiz mahsulotlari yoki xizmatlari haqida ma’lumot).

«Biz «Korporativ GOOD’OK» xizmati korporativ mijozlarimiz orasida ommaviylashuviga ishonchimiz komil. Axir ushbu xizmat mijozlarga kerakli ma’lumotni yetkazish uchun qo’shimcha imkoniyat beradi, bu esa, o’z navbatida, korporativ mijozlarimiz biznesi samaradorligini oshiradi», – deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shadmanov.

«Korporativ GOOD’OK» xizmati haqida batafsilroq ma’lumotni, shuningdek musiqalar buyurtma qilish narxinini www.mts.uz saytida, 0990 raqami orqali Aloqa markazida yoki abonentlarga xizmat ko’rsatuvchi ofislarda olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq