Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining talabalari o`rtasida»ALSKOM» sug`urta kompaniyasi tanlov e’lon qildi
04.05.2010
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

alskom_4_05_2010

«Barkamol avlod yili» Davlat dasturida belgilangan maqsad va vazifalarni bajarishga, iqtidorli talabalarni bilim olishga bo`lgan qiziqishlarini va ilmiy faoliyatlarini rag`batlantirish hamda moddiy qo`llab-quvvatlash bilan bir qatorda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimiga hos qaltisliklarni sug`urta qilish sohasida yangi goya va takliflarni ishlab chikishga qaratilgan tadbir 2010 — yil 30 — aprel kuni Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti majlislar zalida «ALSKOM» sug`urta kompaniyasi tomonidan Universitetimizning «Iqtisodiyot», «Menejment» yunalishi bo’yicha tahsil olayotgan magistrant va bakalavrlar talabalar o`rtasida «Eng yaxshi bitiruv malakaviy ish», «Eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi», «Eng yaxshi sug`urta maxsuloti» nominatsiyalari bo`yicha tanlov o`tkazilishiga bag`ishlangan taqdimot marosimi bo`lib o`tdi.

alskom_4_05_2010_1

Taqdimot marosimida Universitet rektori, S.S.Qosimov, O’I bo’yicha prorektor A.Yu.Yusupov, «Iqtisodiyot va boshqaruv» fakulteti dekani M.A.Mahkamova, fakultet professor- o’qituvchilari, hamda fakultet talabalari ishtirok etdilar. Tadbirda «ALSKOM» sug`urta kompaniyasi bosh direktori, professor Tohirjon Iminov hamda bosh direktor o`rinbosari Farruh Hasanov ham qatnashdilar.

Tadbirda so`zga chiqqanlar tashkil etilayotgan tanlovni yuqori baxolab ta’lim hamda amaliyot o`rtasidagi integratsiya jarayonlarini yanada mustaxkamlashga hizmat qilishini alohida ta’kidlab o`tishdi.

Tadbir doirasida Universitet va «ALSKOM» sug`urta kompaniyasi rahbariyati «Eng yaxshi bitiruv malakaviy ish», «Eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi» va «Eng yaxshi sug`urta maxsuloti» nominatsiyalari bo`yicha pul mukofoti to`lanadigan tanlovni o`tkazish to`g`risidagi qo’shma qarorni imzolashdi.

Bundan tashqari «ALSKOM» sug`urta kompaniyasi rahbariyati tomonidan tanlovni yuqori saviyada o`tkazish, tanlov ishtirokchilariga qo’shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida homiylik tarzida Universitetning Iqtisod va boshqaruv fakultetiga kompyuter topshirildi.

Tashkil etilgan tanlov Universitetda taxsil olayotgan talabalarni bugungi kun talablariga qanchalik javob berishini aniqlash bo`yicha qilingan ishlarning yorqin isbotidir. Zotan, o’tkazilgan tadbir sug`urta tashkilotining yuqori texnologik qaltisliklarni baholash hamda ularni sug`urta qilish sohasida kadrlarga ehtiyoji yuqori ekanligidan dalolat bermoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq