Urush qatnashchilariga – hurmat va g’amxo’rlik
29.04.2010
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

aci_29_04_2010

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 24 martdagi «Ikkinchi Jahon urushidagi g’alabaning 65 yilligini nishonlash munosabati bilan 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va nogironlarini mukofotlash to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq, urush qatnashchilari va nogironlari «1941-1945 yillardagi Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaning 65 yilligi» yubiley medali bilan taqdirlanadilar va ularga 200 yuz ming so’m miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi.

9 May – Xotira va qadrlash kuni arafasida O’zbekistonning aloqa va axborotlashtirish tizimlari korxonalarining vakillari Ulug’ Vatan urushi qatnashchilari, nogironlari va mehnat fronti qatnashchilarini yo’qlab, ularga moddiy, ijtimoiy va maishiy yordam ko’rsatmoqdalar.

Ulug’ Vatan urushi qatnashchilari, nogironlari va mehnat fronti qatnashchilarining xizmatlarini samimiy e’tirof etgan holda, «O’zbektelekom» Akmiyadorlik kompaniyasi Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga MDH mamlakatlari bo’ylab bepul telefon so’zlashuvlarini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadilar.

aci_29_04_2010_1

«O’zbekiston pochtasi» OAJda maxsus pochta konvertlari va otkritkalarini nashr etish va tarqatish bo’yicha tegishli ishlar tashkil qilingan. 2010 yil 28 apreldan boshlab bayramga bag’ishlangan to’rtta markadan iborat pochta bloki muomalaga chiqariladi. Bundan tashqari, faxriylar MDH davlatlariga bepul telegramma jo’natish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, shuningdek, uning mintaqaviy filiallarida Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashuvlar o’tkazilmoqda va bu uchrashuvlarda faxriylar urush xotiralarini bugungi yoshlar bilan o’rtoqlashmoqdalar.

Shuningdek, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bayram munosabati bilan «Xabar» gazetasida chop etilgan, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari orasidagi aloqa xizmati vakillarining mardligi va jasoratiga bag’ishlangan eng yaxshi maqola va ocherkka tanlov e’lon qildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq