UCelldan “U-Lady” taqdimoti
27.04.2010
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

ucell_27_04_2010

XK «COSCOM» MChJ (UCell savdo belgisi ostida xizmat ko’rsatadi), O’zbekiston Respublikasidagi ikkinchi mobil aloqa operatori, «U-Lady” tariff rejasi va uning asosidagi imtiyozlar va bonuslar dasturiga bag’ishlangan taqdimot marosimini o’tkazdi.

Ma’lumki, UCell 8 martda ayollar uchun mahsus sovg‘a — yangi “U-Lady” tariff rejasini taqdim etdi. Bu mamlakatimizdagi birinchi ayollar uchun mahsus tarif rejasidir.

Ushbu tariff rejasining barcha imkoniyatlari va bonuslari borasida batafsil axborot berish maqsadida, UCell mahsus taqdimot marosimini o‘tkazdi. Marisimning asosiy maqsadlari quyidagicha edi:

1. Xamkorlarga uzoq muddatli xamkorlik dasturini taqdim qilish;
2. Xamkorlarga “U-Lady” kataloglari va bonuslar haqida batafsil ma’lumot berish
3. Jamiyatni, shu jumladan mamlakatimiz viloyatlaridagi ayollarni ushbu tariff rejasi, uning afzalliklari va imkoniyatlari haqida xabardor qilish
4. UCell kompaniyasining nomini yanada kuchaytirish va “U-Lady” ayollar uchun qulay va foydali ekanligi haqida axborot berish

“U-Lady” tarifining o‘ziga hosligi shundaki, barcha kirish qo‘ng‘irog‘idagi har bir soniya uchun abonent 1 bonus baliga ega bo‘ladi. Va har oy yig‘ilgan bonuslarni turli sovg‘alar, masalan — etakchi kompaniyalar ishlab chiqargan kosmetika va kiyim kechak mahsulotlariga “almashtirish” mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, “U-Lady” tarifi abonentlari taniqli kompaniyalar ishlab chiqargan atir-upa va boshqa mahsulotlarni harid qilayotganlarida mahsus chegiormalarga ham ega bo‘ladilar.

ucell_27_04_2010_1

Aytib o‘tish joiz-ki, “U-Lady”» ko’pgina sabablar uchun juda ma’qul tariff rejasidir. Chiqish qo’ng’iroqlarining narhi past, kirish qo‘ng‘iroqlari bepul, bundan tashqari har kuni abonent so‘zlashuv uchun 50 bepul daqiqa bilan taqdirlanadi.

Lekin bu xali xammasi emas. “U-Lady” tariff rejasi abonentlari uchun mahsus catalog ishlab chiqarilgan bo‘lib, unda barcha bonuslar dasturi hamkorlari va bonuslar evaziga olish mumlin bo‘lgan sovg‘alar haqida batafsil axborot berilgan. Ayni chog‘da, yaqin orada “U-Lady” tarif rejasi va undagi abonentlar uchun barcha imkoniyatlar va imtiyozlarga bag’ishlangan alohida internet sahifa ishga tushiriladi.

Bu va boshqa tariflar haqida batafsil axborot olish uchun www.ucell.uz internet sahifasiga tashrif buyuring.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq