«MTSdan Bonuslar» aksiyasi
22.04.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi «MTSdan Bonuslar» aksiyasi ishga tushirilishini ma’lum qiladi. Uning shartlariga ko’ra, SMS va MMS paketlar aktivlashtirilganda mazkur paketlar hajmi 20 foizga ko’payadi.

SMS va MMS muloqotning aktiv foydaluvchilariga MTS kompaniyasidan yana bitta yaxshi xabar.

MTS-O’zbekiston kompaniyasi maxsus ravishda «MTSdan Bonuslar» aksiyasi o’tkazilishini e’lon qiladi, aksiya doirasida 2010 yil 22 apreldan 21 maygacha istalgan SMS yoki MMS-paketni aktivlashtirgan kompaniya abonentlari 20% ko’proq chiquvchi SMS va MMS-xabarlarga ega bo’ladi.

MTS-O’zbekiston kompaniyasi tijorat bo’yicha bosh direktorning o’rinbosari Nuriddin Shadmanov aksiyaning o’tkazilishini sharhlab berdi: «SMS va MMS-xabarlar abonentlarimiz orasida eng ommaviy va kerakli xizmatlar hisoblanadi. Kompaniyamiz o’z abonentlarining istaklarini inobatga olib «MTSdan bonuslar» aksiyasini ishga tushiradi.».

Quyidagi SMS va MMS-paketlarni ulash mumkin:

mts_22_04_2010

mts_22_04_2010_1

Har bir paket narxi ulanganda hisobdan olinadi. Bunda istalgan paket aktivlashtirilganidan keyin abonent hisobida kamida $2 qolishi kerak.

Bir vaqtning o’zida har bir raqamga ikkitagacha SMS va MMS-paketlarni ulash mumkin. Har bir SMS va MMS paketning amalda bo’lish muddati aktivlashtirilgan kundan boshlab 30 kun.

Hisobni tekshirib ko’rish va aktivlashtirilgan SMS yoki MMS-paketda qancha foydalanilmagan xabarlar qolganini bilish uchun *111*017# USSD-komandasini yuborish kerak.

«MTSdan Bonuslar» aksiyasida barcha tarif rejalariga ulangan jismoniy shaxs hisoblangan abonentlar ishtirok etishlari mumkin («RED» va «TIME» abonentlaridan tashqari).

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq