UCell: Veteranlarni qo‘llab quvvatlash!
10.04.2010
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Biz qo‘lga kiritilgan G‘alabaning oldida qarzdormiz! 65 yil – bu kichik muddat emas, ammo urush paytida hizmat ko‘rsatgan veteranlarimizni biz har doim hotirlaymiz va qadrlaymiz.
«Nuroniy» Respublika veteranlarini qo‘llab – quvvatlash Fondiga qo‘ldan kelganicha yordam ko‘rsatib o‘z minnatdorchiligingizni bildirmoqchi bo‘lsangiz, Siz $ 0.20 qiymatida 0770 raqamiga, yoki $ 1 qiymatida 1770 raqamiga SMS jo‘natishingiz mumkin (QQS o‘z ichiga olgan holda).
UCell Kompaniyasi yuqorida e’lon qilingan hayriya aksiyasi ustida olib borilayotgan ishlarni odilona yuritish muhimligini anglab yetib, www.ucell.uz saytida hayr-ehson etilayotgan hamda SMS hayriya aksiyasi yordamida qabul qilingan mablag’larning kirim va chiqimlar bo‘yicha olib borilayotgan ma’lumotlarni chop etmoqda.
Hayriya aksiyasi 08.04.2010 dan 30.04.2010 gacha davom etadi. Manba: www.ucell.uz