Barcha davlat xizmatlari bir oynada!
08.04.2010
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

ictp_8_04_2010

Toshkent shahrining Sirg‘ali tumanida 2010-yil 7-aprel kuni Sirg‘ali tumani hokimiyati qoshida interaktiv holda davlat xizmatlarini amalga oshiruvchi Yagona Oyna Markazi ochilgandi.

ictp_8_04_2010_1

Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2007-yil 23-avgust 181-sonli qarorini hamda BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston hukumati tomonidan imzolangan “2010-2015 yillar davri uchun mamlakatga oid dasturni amalga oshirish bo‘yicha xatti-harakatlar rejasi”ni bajarish doirasida amalga oshirildi.

ictp_8_04_2010_2

Yagona Oyna Markazi davlat xizmatlarini taqdim etishga yangicha yondashuv bo‘lib, u xizmatlar ko‘rsatish usulini o‘zgartirish yo‘li bilan mazkur jarayondagi ortiqcha, keraksiz qadamlarni kamaytirishda yordam beradi. Ushbu yangilikning mohiyati shundan iboratki, aholi uchun mo‘ljallangan katta doiradagi davlat va jamoat xizmatlari bir joyga jamlanadi, fuqarolar esa, vaqt sarflamasdan, Yagona Oyna Markazida ma’lumotlar, litsenziyalar, akkreditatsiyalar olish va boshqa xizmatlardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar.

ictp_8_04_2010_3

Ushbu tashabbusni amalga oshirish natijasida Yagona Oyna Markazi fuqarolarning so‘rovnomalarini qabul qilishi, turli hokimiyat organlari bilan mustaqil hamjihatlikda ish olib borishi, keyin esa, fuqarolarga tayyor hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘ladi. Davlat bojlarini, davlat tomonidan, ko‘rsatiladigan har xil pulli xizmatlar haqini to‘lash va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun Yagona Oyna Markazi binosida bank bo‘limi joylashtirildi. Endi bu tumanda yashovchi har qanday fuqaro turli tashkilotlarga qatnash uchun vaqt sarflamasdan, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyati, soliqlarni to‘lash masalalarini hal qilishi, davlat ko‘chmas mulk kadastridan ma’lumotlar, kommunal, ijtimoiy va boshqa masalalarga doir axborot olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

ictp_8_04_2010_4

Yagona Oyna Markazi qariyb 80 turdagi xizmatlarni ko‘rsatadi. Shulardan 25 turi interaktiv shaklda taqdim etiladi. Bu ishga 20dan ziyod davlat muassasalarining mutaxassislari jalb etilgan.

Yagona Oyna Markazini yaratishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (sobiq O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi), Toshkent shahar Sirg‘ali tumani hokimiyati, shuningdek, BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekiston hukumatiga mamlakat rivojlanishi uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda ko‘mak” (ICTP) loyihasi ishtirok etdi.

ictp_8_04_2010_5

ictp_8_04_2010_6

2009-yil iyun oyida O‘zaro hamfikrlik va Sirg‘ali tumanida Yagona Oyna Markazini tashkil etish to‘g‘risida memorandum imzolangan edi. Shu hujjat asosida Sirg‘ali tumani hokimiyati mazkur tashabbus uchun benefitsiar va pilot maydoni vazifasini o‘z zimmasiga oldi, loyiha jamoasi bilan ishlash uchun mas’ul xodimlarni tayinladi. Vazirlik ishni tashkil etishda, tegishli maslahatlar berishda yetakchilik qilishga bel bog‘ladi. BMT Taraqqiyot Dasturi “O‘zbekiston hukumatiga mamlakat rivojlanishi uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda ko‘mak” (ICTP) loyihasi orqali elektron boshqaruv sohasidagi novatorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan Demokratik boshqaruv maqsadli fondining (DGTTF) resurslari yordamida loyihani qo‘llab-quvvatlab, uni amalga oshirishda to‘liq texnik yordam berdi.

ictp_8_04_2010_9

Yagona Oyna Markazida tuman gaz ta’minoti, tuman ijtimoiy ta’minot bo‘limi, tuman xalq ta’limi bo‘limi, tuman elektr-energiyasini taqsimlash tashkiloti, tuman soqliqni saqlash bo‘limi kabi mintaqaviy tuman xizmatlarining universal mutaxassislari, hokimiyat tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatga olish bo‘limining vakillari ishlamoqdalar, shuningdek, Markaz ishida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari jalb etilgan. Shuni ta’kidlash zarurki, Markaz mutaxassislari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash, amaliy muloqot, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish, xodimlarni genderli sensitizatsiyalash, shuningdek, nogiron kishilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bir qancha trening-kurslar tashkil etilgan.

ictp_8_04_2010_10

ictp_8_04_2010_11

Jahonning bir qancha mamlakatlarida Yagona Oyna Markazini tashkil etish tajribasi mavjudligiga qaramay, bir modelni turli joylarda bir xilda aniq tashkillashtirishning iloji yo‘q. Shu bois, mazkur loyiha O‘zbekistonda amalga oshirilayotganda mahalliy vaziyat hisobga olingan holda o‘ziga xos konseptual yondashuv ishlab chiqildi.

“O‘zbekiston hukumatiga mamlakat rivojlanishi uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda ko‘mak” (ICTP) loyihasi BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasidagi qo‘shma loyiha hisoblanib, O‘zbekistonda AKTni ilgari surish va rivojlantirish hamda rivojlanish borasidagi muayyan maqsadlarga erishish uchun AKTdan foydalanishda respublika hukumatiga yordam berishga qaratilgan. “AKT siyosati” loyihasi strategik maslahatlar berish, pilot tashabbuslarini amalga oshirish, salohiyatni mustahkamlash, jamoatchilik orasida xabardorlikni oshirish, davlat miqyosidagi va xususiy sheriklik munosabatlarini yaxshilash kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bir qancha tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq