МТS-O’zbekiston kompaniyasi «Miss МTS-O’zbekiston» MMS-konkursi g’oliblarini aniqladi
06.04.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi «Miss MTS-O’zbekiston» MMS-konkursi yakuniga yetganini va uning g’oliblari aniqlanganini ma’lum qiladi.

mts1

«Miss MTS-O’zbekiston» MMS-konkursi 2010 yil 25 fevraldan 25 martgacha kompaniya abonentlari orasidagi dilbar ayollar o’rtasida o’tkazildi. Mazkur konkurs ishtirokchilari o’z chiroyi va maftunkorligini namoyon etib, “Miss MTS-O’zbekiston” unvoni sohibi bo’lish imkoniga ega bo’ldi.

mts2

MMS-konkurs o’tkazilgan vaqtda ko’plab MMS-fotosuratlar qabul qilindi, ular MMS-konkursning www.miss.mts.uz saytidan joy oldi. Qabul qilingan barcha fotosuratlarga identifikatsiya (ID) raqami berildi, u orqali kompaniya abonentlari yoqqan fotosuratlarni tanlab, ularga ovoz berdilar.

mts3

SMS-ovoz berish yakunlariga ko’ra, eng ko’p ovoz to’plagan “Miss MTS-O’zbekiston” konkurs ishtirokchilari quyidagi qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar:

mts_6_04_2010

4-10-o’rinlarni egallagan qolgan MMS-konkurs ishtirokchilariga MTS-O’zbekistonning brend sovg’alari topshirildi.
«MMS-konkursimizda qatnashgan barchaga tashakkur aytamiz. Bizga juda ko’plab ajoyib va g’ozal fotosuratlar yuborildi. Biz MMS-konkurs g’oliblari va sovrindorlarini tabriklaymiz va kelgusida ham bizning barcha aksiya va konkurslarimizda ishtirok etishga chorlaymiz», deb ta’kidladi, MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shadmanov.

mts4

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq