TATUga Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi muxtor elchisi tashrif buyurdi
05.04.2010
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

tuit_5_04_2010

2010 yil 31 mart kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi muxtor elchisi janob Chon De Van va 12 kishidan iborat elchixona hodimlari universitet, hamda «O’zbekiston-Koreya» do’stlik jamiyati faoliyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.

tuit_5_04_2010_1

Uchrashuvda universitet rektori, O’zbekiston-Koreya do’stlik jamiyati raisi S.S. Qosimov elchi janoblariga universitetning Janubiy Koreya universitet va ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalari, hamda O’zbekiston-Koreya do’stlik jamiyati faoliyati haqida ma’lumot berdi. Elchi janoblari O’zbekiston va Koreya do’stlik aloqalarini yanada rivojlantirishdagi ta’lim va tadqiqot ishlarida, hamkorlikning yangi bosqichlarida birgalikda ishlashga tayyor ekanligini aytib o’tdi.

Uchrashuvda O’zbekiston Do’stlik jamiyatlari Kengashi raisi — S.S.G`ulomov, Kengash a’zolari, «O’zbekiston-Koreya» do’stlik jamiyati kengash a’zolaridan janob Cho Sung Kil — “Super iMax (EVO)” Bosh direktori, janob Pak Yang Gyun — Koreya fuqarolari “Keminhe” Assotsiatsiyasi raisi, janob V.N.Shin — Koreya madaniyat markazlari assotsiatsiyasi raisi va boshqa a’zolar ishtirok etdilar.

Uchrashuv aziz mehmonlarni bahoriy o’zbek dasturxoniga taklif etish bilan yakunlandi.
Manba: www.tuit.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq