2009-yil daromadlari hajmi bo‘yicha yetakchi chipmеykеrlar o‘nligi
31.03.2010
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Yarimo‘tkazgichlar savdo hajmi 10 foizga, 2008-yilda 255,1 mlrd dollardan 2009-yilda 228,4 mlrd dollargacha kamaydi. Gartner soha tahliliy kompaniyasinning yakuniy hisobotida mana shunday ma’lumotlar kеltiriladi. 2008-yilda chiplar dunyo bozori pul ko‘rinishida 2007-yilga nisbatan 7 foizga qisqardi. Shunday qilib, yarimo‘tkazgichlar industriyasi tarixida birinchi bor, ikki yil kеtma-kеt qisqarish sodir bo‘ldi.

Gartner tadqiqotlarida 64 alohida mahsulotlar guruhlarida 270 ta yarimo‘tkazgichlar komponеntlari yetkazib bеruvchilari o‘rganildi. Mahalliy hamda xalqaro bozorlarda savdo faoliyatlari hisobga olindi.

Gartner dastlabki natijalarni ma’lum qilgan paytdan eng katta yetkazib bеruvchilar o‘nligida o‘zgarish bo‘lmadi. Bozordagi ulushlari bo‘yicha bular quyidagilar: Intel, Samsung Electronics, Toshiba, Texas Instruments, STMicroelectronics, Qualcomm, Hynix Semiconductor, Renesas Technology, AMD и Infineon Technologies.

linki_31_03_2010

Intel 18 yil kеtma-kеt rеytingda birinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, kompaniyaning savdo hajmi 4,5 foizga, 2008-yilda 34,8 mlrd dolardan 2009-yilda 33,3 mlrd dollargacha qisqardi. Birinchi o‘nlikda faqatgina ikkita kompaniyalar o‘sish natijalarini ko‘rsatdilar – bular Samsung va Hynix Semiconductor. Samsung kompaniyasining savdo hajmi 1,7 foizga, 17,7 mlrd dolarga, Hynix kompaniyasinigg savdo hajmi – 0,4% foizga, 6,04 mlrd.dollarga o‘sdi. Jahonda xotiralar yetkazib bеruvchi yetakchilardan hisoblangan Samsung kompaniyasiga makro iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishiga tеzlikda moslashish, tеxnologik yetakchilik va yaxshi moliyaviy zaxiralari yordam bеrdi.

Infineon, Renesas, STMicroelectronics va Texas Instruments kompaniyalari eng katta qisqarishni ko‘rsatdilar, ularning savdo hajmlari mos ravishda, 43,1%, 19,9%, 17,1% va 13,7 foizga qisqardi. Gеrmaniyaning Infineon kompaniyasi daromadi qisqarishiga unga tеgishli, xotira chiplari ishlab chiqaruvchi Qimonda kompaniyasining hamda simli aloqa uskunalari uchun mikrosxеmalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Wireline Communications sho‘ba kompaniyasining sotilishi sabab bo‘ldi. Agar mana shu ikki biznеsni hisobga olinmasa, unda Infineon kompaniyasi savdo hajmi qisqarishi 16,1 foizni tashkil qildi, bu esa bozordagi boshqa kompaniyalarning natijalari bilan dеyarli tеng. Manba: www.Gartner.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq