Qo’ng’iroqlar markazining xizmatlariga yangi tariflar joriy etildi
30.03.2010
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

“O’zbektelekom” AK 2010 yil 25 martdagi “125-1/7-son narxnomasiga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida”gi 112-son buyrug’iga muvofiq, “O’zbektelekom” AK tomonidan shartnomaviy (erkin) asosda o’rnatiladigan telekommunikatsiya xizmatlari tariflari 125-1/7-son narxnomasiga o’zgartirishlar kiritlgan bo’lib, joriy yilning 1 aprelidan e’tiboran amal qiladi.

Mazkur narxnomaga binoan, Qo’ng’iroqlar markazi tomonidan “Abonentlarga avtomatik ravishda qo’ng’iroqlarni amalga oshirish” qo’shimcha xizmatlarini joriy etilgan bo’lib, unga ko’ra abonent raqamining umumiy miqdoriga binoan tariflar belgilangan.

“Virtual ofis” singari xizmatlar uchun “Platina” raqamlari (200-AA-AA, 200-AA-VV), “Oltin” raqamlari (200-AV-VA, 200-AV-AV) va “Kumush” raqamlari (200-AB-CD, 200-A0-B0, 200-A0-00, 200-00-0A) bo’yicha yangi tariflar joriy qilingan.

Undan tashqari, “Autsorsing” va “Kulinariya retseptlari” kabi xizmatlar joriy qilingan. Batafsil ma’lumot olish uchun 125-1/7-son narxnomani yuklab oling.

Manba: www.uztelecom.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq