“O’zbekistonda Internetning bugungi kundagi holati va uning rivojlanish istiqbollari tahlili” hisoboti tayyorlandi
25.03.2010
Rukn: Internet, Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

25 mart kuni Toshkent shahrida, O’zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligida “O’zbekistonda Internetning bugungi kundagi holati va uning rivojlanish istiqbollari tahlili” axborot-tahliliy hisobotining taqdimoti bo’lib o’tadi. Unda mamlakat axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining yetakchi mutaxassislari ishtirok etadi.

ictp_25_03_2010_1

Jahon bozorining bugungi kundagi rivojlanish tendensiyalari shuni ko’rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga innovatsiyalar joriy etilishi, shuningdek ulardan samarali foydalanilishi korxonalarda boshqaruv va texnologik jarayonlar samaradorligini oshirishda, iqtisodiyotning turli sohalarida tovarlar va xizmatlarning yangi turlarini yaratish hamda mavjudlarini kengaytirishda yordam bermoqda.

Telekommunitsiya xizmatlari Internet tushunchasi bilan borgan sari uzviy bog’lanib bormoqda va undan foydalanish mumkinligi odamlar orasida axborot va bilimlarni yanada ko’proq almashish jarayoniga ko’maklashayapti. Bu esa, bilimlarga asoslangan jamiyat shakllanishiga olib kelmoqda. Demak, telekommunikatsiya xizmatlari, xususan Internet tarmog’ining yanada rivojlanishi O’zbekiston jahon ijtimoiy-iqtisodiy hamjamiyatiga yanada muvaffaqiyatliroq kirib borishiga va aholining turmush darajasi yaxshilanishiga yordam beradi.

ictp_25_03_2010_2

O’zbekistonda mazkur soxani qanday rivojlanayotganligini aks ettirish maqsadida O’zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, BMT Taraqqiyot Dasturining “O’zbekistonni rivojlantirish uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda O’zbekiston Respublikasi G’ukumatiga ko’maklashish” (ICTP) loyihasi, shuningdek «UNICON.UZ» ilmiy-texnikaviy va marketing tadqiqotlari markazi tomonidan “O’zbekistonda Internetning bugungi kundagi holati va uning rivojlanish istiqbollari tahlili” hisoboti tayyorlandi.

Mazkur tadqiqotdan ko’zlangan maqsad O’zbekistonda Internet taraqqiy etishining joriy xolatiga, asosiy omillari va rivojlanish istiqbollariga doir sifat va miqdor ko’rsatkichlarini ekspertiza yo’li bilan baholashdan iboratdir.

Axborot-tahliliy hisoboti O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining rasmiy statistika axborotini tahlil qilish, shuningdek tartibga soluvchi organlar rahbarlari bilan suhbatlar natijalari, professional bozor ishtirokchilarining Internet tarmog’idagi joriy ahvol va uning rivojlanish istiqbollari to’g’risidagi fikrlari asosida tayyorlandi.

H’isobotda Internet tarmog’iga kirish xizmatlari bozori rivojlanishida ijobiy tendensiya mavjudligi bir qancha ko’rsatkichlarga ko’ra qayd etilgan. Bular, xususan: foydalanuvchilar miqdori ko’payganligi, yangi xizmatlar joriy etilayotgani, milliy axborot resurslari rivojlanayotgani, Internet tarmog’iga kirish narxlari pasayganligidir. G’isobotda, jumladan, keyingi bir yil ichida Internet tarmog’iga keng polosali kirish yo’lidan foydalanuvchi abonentlar ulushi 2 baravardan ortiq ko’paygani va hozirgi kunda ular 69 mingdan ziyod abonentni tashkil etayotganligi ta’kidlangan. So’rovda ishtirok etgan aksariyat provayderlarning (73%) fikriga ko’ra, Internet resursi rivojlanishidagi ustuvor yo’nalish ilmiy va o’quv ma’lumotlarni ko’paytirishga qaratilishi lozim. H’isobotda shuningdek soxa mutaxassislarining mavjud kamchiliklar haqidagi fikrlari umumlashtirilgan hamda bu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar taklif qilingan.

Taqdimotda O’zbekiston Respublikasi davlat va xususiy korxonalaridan 40ga yaqin vakillari ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

“O’zbekistonda Internetning bugungi kundagi holati va uning rivojlanish istiqbollari tahlili” axborot-tahliliy hisobotining elektron versiyasi yaqin vaqt ichida www.ictp.uz saytidan joylashtiriladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq