«GUDOK» xizmati kengaymoqda
25.03.2010
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

2010-yil 22 mart kunidan e`tiboran UzMobile kompaniyasining «GUDOK» xizmatidan Andijon, Farg`ona, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlari abonentlari ham foydalanishlari mumkin. Shu kunga qadar mazkur xizmat faqatgina Toshkent shahri va Toshkent viloyati abonentlariga ko`rsatilar edi.

“GUDOK” qo’shimcha xizmat turi UzMobile abonentlariga oddiy chaqiruv signalini turli xil musiqalar, audio roliklar yoki hazil mutoibalar bilan almashtirish imkoniyatini beradi. Bunda kompaniya abonenti telefon raqamiga qo’ng’iroq qiluvchilar oddiy chaqiruv signali o’rniga o’rnatilgan musiqalarni, audio roliklarni yoki hazil mutoibalarni eshitadilar. “GUDOK” xizmatidan foydalanuvchi o’zlari istagan abonentlar yoki guruhlar uchun maxsus musiqalarni o’rnatishlari mumkin. Shuningdek musiqalarni ma’lum vaqt yoki telefon raqamlar uchun alohida o’rnatish imkoniyati ham mavjud. Batafsil ma’lumotlar www.gudok.uz saytida.

Manba: www.uzcdma.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq