O’.G’.To’xtaev — Bosh direktorning birinchi o’rinbosari etib tayinlandi
19.03.2010
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: O’zbektelekom.

2010 yil 17 mart kuni, “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi ijro apparatida xodimlarni qayta lavozimiga tayinlash yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda, “O’zbektelekom” AK rahbariyati, filial va korxonalarning direktorlari hamda Kompaniya ijro apparatining departament va bo’lim boshliqlari ishtirok etdi.

urok_tuxtaev

“O’zbektelekom” AK Bosh direktorining birinchi o’rinbosari lavozimiga O’roq G’anievich To’xtaev tayinlandi. O’roq G’anievich To’xtaev — shu kunga qadar O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Buxoro viloyati hududiy Boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlab kelgan.

O’roq G’anievich To’xtaev

O’roq G’anievich To’xtaev 1952 yili Buxoro viloyatida tug’ilgan.

1975 yili Toshkent elektrotexnika aloqa institutini tamomlagan.

O’zining mehnat faoliyatini O’roq G’anievich To’xtaev 1975 yildan e’tiboran Buxoro viloyati elektroaloqa ishlab chiqarish boshqarmasi Sverdlov aloqa bog’lamasida muhandis lavozimidan boshlagan.

1991 yili Elektromagnit moslashuv Respublika markazi Buxoro viloyat Davlat aloqa inspektsiyasi katta inspektori;

1991 — 1993 yillar — Buxoro viloyati Davlat aloqa inspektsiyasi davlat inspektori;

1993 – 2001 yillar — Buxoro Davlat elektroaloqa ishlab chiqarish korxonasi bosh muhandisi;

2001 – 2002 yillar — “Buxoro Telekom” OAJ Bosh direktorining birinchi o’rinbosari;

2002 – 2005 yillar — “O’zbektelekom” AK “Buxoro Telekom” filiali direktorining birinchi o’rinbosari;

2005 – 2007 yillar — “O’zbektelekom” AK “TShTT” filiali texnik masalalar bo’yicha direktor o’rinbosari;

2007 yildan e’tiboran shu kunga qadar O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Buxoro viloyati hududiy Boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlab kelgan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq