UCelldan “U-Lady” – ayollar uchun yangi tarif rejasi
10.03.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«COSCOM» MChJ XK (UCell savdo belgisi ostida xizmat ko’rsatadi), O’zbekiston Respublikasidagi ikkinchi uyali aloqa operatori, 8 martda ayollar uchun mahsus sovg’a — yangi “U-Lady” tariff rejasini taqdim etdi. Bu mamlakatimizdagi birinchi ayollar uchun mahsus tarif rejasidir.

«“U-Lady”» ko’pgina sabablar uchun juda ma’qul tariff rejasidir. Chiqish qo’ng’iroqlarining narhi past, kirish qo’ng’iroqlari bepul, bundan tashqari har kuni abonent so’zlashuv uchun 50 bepul daqiqa bilan taqdirlanadi.

Lekin “U-Lady” tarifining o’ziga hosligi shundaki, barcha kirish qo‘ng‘irog‘idagi har bir soniya uchun abonent 1 bonus baliga ega bo‘ladi. Va har oy yig’ilgan bonuslarni turli sovg‘alar, masalan — etakchi kompaniyalar ishlab chiqargan kosmetika mahsulotlariga almashtirish mumkin bo’ladi.

Lekin bu xali xammasi emas. “U-Lady” tariff rejasi abonentlari uchun qo’shimcha qiziqarli takliflar talaygina. Munajjimlar bashoratini bilmoqchimisiz? Yoki ozish usullari haqida ma’lumot kerakmi? «“U-Lady”» tarifi abonentlari har kuni munajjimlar bashorati, go‘zallik va salomatlik sirlari psixolog maslahatlari, seriallar yangiliklari, haftalik ob-havo va boshqa ko‘plab qiziqarli SMS xabarlar qabul qiladilar.

Bundan tashqari, “U-Lady” tarifi abonentlari taniqli kompaniyalar ishlab chiqargan atir-upa va boshqa mahsulotlarni harid qilayotganlarida mahsus chegiormalarga ham ega bo’ladilar.

Bu va boshqa tariflar haqida batafsil axborot olish uchun www.ucell.uz internet sahifasiga tashrif buyuring.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq