UCell: Yangi «3G Video pochta» xizmati
03.03.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

XK “COSCOM” MChJ (UCell savdo belgisi) o’z abonentlariga yangi xizmatni taqdim etdi. Siznin video qo’ng’irog’ingiz endi doimo qo’ng’iroq qilingan abonentga etib boradi.

Tasavvur qiling, video qo‘ng‘irog‘ingiz ma’lum bir sabablarga ko‘ra chaqirilgan abonentga yetib bormadi. Do’stingizning telefon apparati 3Gda ishlamaydi yoki u tarmoq qamrov doirasidan tashqarida. Endi «3G Video pochta» xizmati yordamida siz abonentga video-xabar qoldirishingiz mumkin. Chaqiriligan tomon yozib olingan videoni MMS shaklida oladi.

Xizmatdan Kompaniyaning barcha abonentlari foydalanishlari mumkin. Shuni e’tiborga olish zarurki, xabar uzunligi 17 sekunddan oshasligi kerak. Xizmat «Video-qo‘ng‘iroq» xizmatini taqdim etish shartlariga asosan narxlanadi.

Batafsil axborotni www.ucell.uz internet sahifasidan olish mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq