MTSdan «Korporativ bahor» aksiyasi
02.03.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi korporativ mijozlar uchun yangi «Korporativ bahor» aksiyasi boshlanishini ma’lum qiladi. Aksiya shartlariga ko’ra «Korporatsiya» tarif rejalariga ulangan abonentlar turli hajmlarda bepul Internet-trafikka ega bo’ladilar.

2010 yil 1-31 mart kunlari «Korporativ bahor» aksiyasi doirasida «Korporatsiya»* tarif rejalariga ulangan kompaniya mijozlariga tanlangan tarif rejasiga qarab 25 megabayitdan 250 megabayitgacha hajmda bepul Internet trafigi taqdim etiladi:

mts_02_03_2010_1

Bundan tashqari, 2010 yil 1 martdan boshlab kompaniyaning korporativ mijozlari yangi pasaytirilgan narxlarda «Korporativ APN» va «Ma’lumotlarni uzatish» xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Endi «Korporativ APN» xizmatidagi GPRS-trafik narxi 1 Mb uchun $0,10, «Ma’lumotlarni uzatish» xizmatidagi chiquvchi va kiruvchi aloqa* narxi 2 baravar pasaytirildi – 1 daqiqa uchun $0,04.

*«Korporatsiya Bazaviy» tarif rejasi abonentlari «Korporativ Bahor» aksiyasida qatnasha olmaydilar.
* — kiruvchi va chiquvchi aloqa aloqaning birinchi sekundidan boshlab narxlanadi

Qo’shimcha ma’lumot
«Korporativ Bahor» aksiyasi haqida qo’shimcha ma’lumot www.mts.uz saytida va MTS ofislarida.

Izoh
«Korporatsiya» tarif rejalariga yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar ulanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq