MTS-O’zbekiston kompaniyasining «Ovozli xat» xizmati
01.03.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi yangi «Ovozli xat» xizmati ishga tushirilishini ma’lum qiladi.

Oxirgi yillarda SMS-xabarlar almashish hayotimizda mustahkam o’rin egalladi. Biz bir-birimizga muhim ma’lumot yetkazish, bayramlar bilan tabriklash, yangiliklar bilan o’zaro almashish uchun SMS-xabarlardan foydalanamiz. SMS yordamida muloqotda bo’lish juda qulay, chunki abonentni qo’ng’iroq bilan chalg’itmay, unga biror ma’lumot yetkazish imkoniyati mavjud. Biroq SMS-xabar har doim ham hamma his-tuyg’ularni to’liq yetkazishga qodir emas. Endi MTS-O’zbekiston abonentlari xabar yuborishda shunchaki yozuvli ma’lumotni emas, balki yangi «Ovozli xat» xizmatidan foydalanib, ovoz yordamida his-tuyg’u va taassurotlarni yetkazish imkoniyatiga ega.

• Ovozli xat yuborish uchun abonentlar quyidagi formatda «Ovozli xat» qabul qiluvchining raqamini terishlari kerak: *998ХХххххххх, bu yerda ХХ – viloyatdagi xizmat operatori kodi, ххххххх – (xabar oluvchi) abonent raqami.
• Ovozli signaldan keyin o’z xabaringizni yozing, yozishni to’xtatish uchun # tugmasini bosing.
• Ovozli xabarni eshitish uchun qabul qilivchi *88 raqamini terishi kerak.
• Abonentga kelgan barcha xabarlarni qabul qilingan kundan boshlab 15 kun davomida eshitish mumkin.
• 1 ta ovozli SMS-xabar yuborish – $0,05.

«Abonentlarimiz orasida «Ovozli xat» xizmati ommalashib ketishiga ishonchimiz komil. Axir «Ovozli xat» xizmati abonentlarimizga bir-birlariga yaqinroq bo’lish, o’z yaqinlarini Tug’ilgan kun bilan tabriklash, tuyg’ularini izhor qilish va shodlik ulashish imkonini beradi», – deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shadmanov.

«Ovozli xat» xizmatidan avtomatik ravishda «Uzdunrobita» XK barcha abonentlari foydalanishlari mumkin (“RED”
Ovozli xabarlarni faqat MTS-O’zbekiston tarmog’ida yuborish va qabul qilish mumkin. Ovozli xabarni eshitish abonentning amaldagi tarif rejasiga muvofiq tarmoq ichidagi chiquvchi qo’ng’iroq sifatida narxlanadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq