Yangi imkoniyatlar sari
27.02.2010
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

ictp_27_02_2010

2010 yil 22-24 fevral kunlari “Ravshan” mehmonxonasida BMT volontyorlari respublika konferensiyasi bo’lib o’tyapti. Konferensiya BMT Taraqqiyot Dasturining “O’zbekistonni rivojlantirish uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda O’zbekiston Respublikasi G’ukumatiga ko’mak” (ICTP) hamda “O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari milliy muassasalarining salohiyatini mustahkamlash” loyihalari tomonidan tashkil etilgan.

Konferensiyada O’zbekistonning Farg’ona, Andijon, Jizzax, Surxondaryo, Urganch, Navoiy kabi shaharlari, shuningdek Toshkent shahridan bo’lgan 50 nafar mintaqaviy vakillari qatnashmoqda.

Konferensiyani o’tkazishdan maqsad – mintaqaviy volontyorlarni bir-birlari bilan tanishtirish, ularning sa’y-harakatlarini, tasavvurlari, vazifalarini birlashtirish, yagona ish konsepsiyasini ishlab chiqish, respublika miqyosidagi qo’shma loyihalarni belgilab olish. Shuningdek, volontyorlar joylarda amalga oshiriladigan turli g’oyalarni muhokama qilishni rejalashtirayaptilar. Bu ish keyinchalik ularga joylarda o’z saflariga yangi volontyorlarni jalb etib ish olib borishda yordam beradi.

Ikki kunlik konferensiya davomida BMT volontyorlari uchun loyihalarni boshqarishga doir asosiy tushunchalar va ko’nikmalar bo’yicha trening o’tkaziladi, shuningdek ular Web 2.0 texnologiyasiga asoslangan OpenGoo loyihalarini muvofiqlashtirish markazlashtirilgan elektron tizimidan foydalanish bo’yicha amaliy qo’llanmalarni oladilar.

Konferensiya sessiyalari interfaol shaklda o’tkaziladi va shu tariqa uning har bir ishtirokchisiga volontyorlik harakati borasidagi o’z g’oyalari va fikrlarini bildirish imkoniyati beriladi. Shu bilan birga, ishlar guruhlarda, yalpi sessiyalarda, alohida va guruhli tanishtiruv marosimlari o’tkazish orqali olib boriladi.

Manba: www.ictp.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq