«Miss MTS-O’zbekiston» MMS-konkursi
25.02.2010
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi «Miss MTS-O’zbekiston» MMS-konkursi ishga tushirilganini ma’lum qiladi.

Bahor bayramlari arafasida 2010 yilning 25 fevralidan 25 mart kunigacha MTS-O’zbekiston kompaniyasi «Miss MTS-O’zbekiston» konkursini o’tkazadi. Mazkur konkurs doirasida kompaniya abonentlariga dilbar ayollar MMS fotosuratini go’zallik konkursiga yuborish va ayollar nazokati va maftunkorligini ko’rsatish taklif etiladi.

MMS-go’zallik konkursida ishtirok etish uchun miss@mts.uz elektron manziliga nomzodingiz fotosuratini MMS-xabar* orqali yuborish kifoya. Moderatsiyadan so’ng qabul qilingan har bir fotosuratga identifikatsiya (ID) raqami beriladi, u orqali uni konkurs saytida topish va SMS-xabar yuborib, unga ovoz berish mumkin. Ovoz berish uchun konkursning www.miss.mts.uz saytiga kirish, yoqqan fotosuratni tanlash va 350, 351 yoki 352* qisqa raqamiga uning ID-raqamini SMS orqali yuborish kerak. SMS-ovoz berish natijalari real vaqt rejimida MMS-konkurs saytida aks etib turadi.

Eng ko’p ovoz olgan fotosurat egalari qimmatbaho sovg’alarga ega bo’ladi:
1-o’rin – Zamonaviy mobil telefon;
2-o’rin – Toshkent shahridagi spa-salonida kosmetik xizmatlar olish uchun sertifikat;
3-o’rin – Toshkent shahrida professional fotosuratga tushish va portfolio yaratish uchun sertifikat;
4-10-o’rinlar – MTSning brendli sovg’alari.

*miss@mts.uz elektron manziliga MMS-xabar yuborish narxi – $0,05.
*350 (1 ta ovoz), 351 (10 ta ovoz) yoki 352 (25 ta ovoz) raqamiga SMS-xabar yuborish narxi – $0,05, $0,45 va $1.

«Miss MTS- O’zbekiston» MMS-konkursi haqida batafsil ma’lumot www.miss.mts.uz saytida.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq