Kommunikatsiya tarmoqlari rivojlanmoqda
25.02.2010
Rukn: Texnologiya.
Muallif: O‘zA.

Mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish tizimini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Nafaqat shahar va tumanlarda, chekka qishloqlarda ham zamonaviy texnologiyalarning joriy qilinishi aloqa sifatini yanada yaxshilashda muhim o‘rin tutmoqda.

Farg‘ona viloyatida ham bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilayotir. Viloyatda kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash, qayta qurish va rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda.

– Keyingi yillarda ushbu tizimda katta o‘zgarishlar ro‘y berayotir, – deydi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Nosirov. – O‘tgan yillarda barcha shahar va tuman markazlarida yangi raqamli telefon stansiyalari ish boshladi. Qishloqlarda ham zamonaviy telekommunikatsiyalar xizmatidan foydalanuvchilar soni ortib borayotir.

Viloyat aholisiga bugungi kunda 11 internet provayderi xizmat ko‘rsatmoqda.

Toshkent – Farg‘ona telekommunikatsiya tarmog‘ini kengaytirish va modernizatsiya qilish loyihasiga asosan 39 raqamli stansiyada yangi uzatish qurilmasi ishga tushirilib, aloqa sifati tubdan yaxshilandi. DWDM qurilmalari o‘rnatilishi natijasida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “UzNET” filiali tomonidan barcha shahar va tuman markazlariga 48 portli konsentrator o‘rnatilib, ishga tushirildi.

Viloyat hokimligi huzurida kompyuterlashtirish va axborotlashtirish markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Hokimlikning korporativ tarmog‘i yaratilgan bo‘lib, barcha shahar va tuman hokimliklari tarmoqqa ulangan hamda muntazam ravishda hujjat almashish yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda viloyat hokimligi, Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon, Quvasoy shahar, Furqat, Beshariq, Dang‘ara tuman hokimliklari, shuningdek, Farg‘ona davlat universiteti, politexnika instituti, viloyat savdo-sanoat palatasi – jami qirqdan ortiq korxona va tashkilotning rasmiy veb-sayti ishlab turibdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq