“O’zbektelekom” AK Kuzatuv kengashining 2009 yil yakunlariga bag’ishlangan majlisi bo’lib o’tdi
20.02.2010
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

2010 yil 18 fevralida, “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasining navbatdagi Kuzatuv kengashi majlisi bo’lib o’tdi. Unda kompaniyaning moliya-xo’jalik faoliyatining 2009 yil yakunlari hamda Kompaniyaning biznes-rejasining bajarilishi, shuningdek, Kuzatuv kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa qator masalalar muhokama qilindi.

Majlisda Kuzatuv kengashi a’zolari, Ijro organining rahbarlari, Kompaniyaning departament va bo’lim boshliqlari ishtirok etdi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Kompaniyaning Bosh direktori Shuhrat Sadikovning “O’zbektelekom” AKning 2009 yil yakunlari bo’yicha moliyaviy –xo’jalik faoliyati yakunlari to’g’risidagi hisoboti tinglandi.

telecom_20_02_2010

Ta’kidlanishicha, hisobot davrida kompaniya bo’yicha asosiy faoliyatdan olingan daromad 270 mlrd.so’mni tashkil etib, belgilangan reja 106 foizga bajarildi va o’tgan yilga nisbatan 14,0 foizga ko’p daromad olindi. Hisobot davrida umumxo’jalik faoliyatdan olingan foyda 7,7 mlrd. so’mni va sof foyda 3,1 mlrd. so’mni tashkil etdi.

telecom_20_02_2010_1

Hisobot davri yakuniga kelib, kompaniyaning Xalqaro Internet tarmog’iga ulangan oqimlar sig’imi 1 270 Mbit/s.ni tashkil etdi.

telecom_20_02_2010_2

Hisobot davrida kompaniya tomonidan investitsiya qo’yilmalariga e’tiborni davom ettirgan holda, sarmoyalar asosan yangi texnika va texnologiyalarni sotib olish va tarmoqni texnik va texnologik qayta jihozlash hamda rivojlantirishga yo’naltirildi. Buning natijasida jami 33,5 mlrd. so’m miqdoridagi kapital quyilmalar o’zlashtirilib, shundan qariyb 99,6 foizi Kompaniyaning o’z mablag’lari hisobidan amalga oshirildi.

Respublika telekommunikatsiya tarmog’ini yanada rivojlantirish maqsadida Yurtboshimiz tomonidan 2009 yil davomida qabul qilingan qator qarorlar jahonda yuz berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida o’ta muhimligi bilan birgalikda kompaniya ravnaqi yo’lida muhim yo’nalishlarni rivojlantirishga zamin yaratdi.

Kompaniya tomonidan 2009 yilda umumiy summasi 30 mln. AQSh dollarlik 9 ta yirik istiqbolli loyihalar bo’yicha qator tadbirlar amalga oshirildi. Xususan:

Toshkent shahar Maxsus aloqa bog’lamasini rekonstruktsiya qilish (Call Center);
DSLAM texnologiyasi asosida keng polosali kirish tarmog’ini kengaytirish;
“Toshkent – Buxoro” Trans-Osiyo Evropa optik tolali telekommunikatsiya tarmog’ini DWDM texnologiyalari asosida kengaytirish;
Andijon – O’sh (Qirg’iston), Kung’irot – Beyneu (Qozog’iston), Denov –Tursunzoda (Tojikiston), Termez – Hayraton (Afg’oniston) yo’nalishlari bo’yicha xalqaro aloqa liniyalari barpo etish;
“Toshkent-Farg’ona vodiysi” raqamli radiorele liniyasini kengaytirish;
DWDM/SDH/IP/MPLS texnologiyalari asosida Toshkent shahar ma’lumotni uzatish tarmog’ini kengaytirish;
Qishloq joylarida simsiz radioaloqa tarmog’ini kengaytirish;
Qishloq analog telefon stantsiyalarini rekonstruktsiya qilish;

Qishloq aholi punktlari uchun kichik hajmdagi “Koinot ElSGM” raqamli telefon stantsiyalarini ishlab chiqarish uchun qo’shimcha qismlar xarid qilish kabi loyihalardir.

Respublikamizda o’tgan 2009 yilni “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan kompaniya tomonidan qator tadbirlar amalga oshirildi. Natijada ayrim qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi aholi uchun telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatilishi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, boshqa hududlarda ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilandi va xizmatlar turi kengaytirildi. Jumladan, umumiy sig’imi 21 536 portli 78 ta «Koinot El-SGM» kommutatsiya qurilmalarini joriy qilindi.

“Qishloq joylarda simsiz aloqa tarmog’ini kengaytirish” loyihasi doirasida qo’shimcha baza stantsiyalar asosida tarmoqni kengaytirilmoqda, Respublikanining shimoliy hududlarida 20 ta baza stantsiyalarini o’rnatildi. Shu o’rinda alohida ta’kidlash kerakki, 2009 yilda «O’zbektelekom Mobayl» filiali tomonidan 1443 maktab CDMA-450 tarmog’idan telefonlashtirilib, rejaning 100 foizga bajarilishiga erishildi.

“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan yana bir muhim tadbirlardan biri, infratuzilma ob’ektlarini telefon aloqasi bilan ta’minlashdan iborat bo’ldi. Bu borada, Kompaniya tomonidan mavjud bolalar uylari, bolalar yaslilari, mehribonlik uylari, akademik litseylarni belgilab olingan reja bo’yicha to’liq telefon aloqasi bilan ta’minlandi.

Tibbiyot muassasalari, xususan, kasalxonalar, shifoxonalar va sanatoriylarni hamda maktab va kollejlarning telefon aloqasi bilan ta’minlash bo’yicha rejaning 91-97 foizgacha telefon aloqasi bilan ta’minlanishiga erishildi. Bolalar bog’chalari hamda qishloq vrachlik punktlarini telefon aloqasi bilan ta’minlanganlik darajasi 69-74 foizga erishildi.

Kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan Kompaniya Bosh direktor o’rinbosarlari – N.Xasanov, Iqtisodiy tahlil, prognozlash va tariflar bo’limi boshlig’i – X.Abidova, Bosh huquqmasalahtchi – R.Xursanov, Qurilish va sarmoyalar bo’limi boshlig’i – S.Umarxodjaev va boshqalarning ma’ruzalari tinglandi.

Kuzatuv kengashi majlisi so’ngida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq