Ucell: Barcha sevishganlar uchun – yangi «Yonimdasan» xizmati
15.02.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Sevish va sevilishdek go‘zal baxtga muyassar bo‘lgan, o‘z jufti bilan bilan doimiy suhbatlashishni istaydigan tutash qalb sohiblari uchun UCell «Yonimdasan» xizmatini taqdim etadi.

2010 yil 14 fevraldan 10 martgacha Siz o‘zingizga qadrli bo‘lgan bir UCell abonenti raqamini tanlab, u bilan joriy yil oxirigacha cheksiz so‘zlashish imkoniga egasiz.

Sevimli raqamni tanlab, «Yonimdasan» xizmatini yo‘lga qo‘yuvchi tomon (A abonent) xalqaro formatda B abonent telefon raqami bilan USSD- so‘rov yuborishi zarur.

«Yonimdasan» xizmatiga nimalar kiradi?

Sevimli raqam o‘rnatilgandan so‘ng har ikkala tomon bir-biriga 2010 yil 31 dekabrgacha bepul va cheklanmagan miqdorda qo‘ng‘iroqlar qilish, SMS va MMSlar yuborish imkoniga ega bo‘ladi.

B abonent taklifni qabul qilsa, sevimli raqam yaratishni yo‘lga qo‘yuvchi abonent hisobidan xizmatga ulanganlik uchun $ 1 yechib olinadi va har kuni har ikkala abonentdan mazkur xizmatdan foydalanganlik uchun $ 0.04 miqdorida abonent to‘lovi yechib boriladi.

Xizmatdan kompaniyaning faqat Prepaid abonentlari foydalanishlari mumkin.

Batafsil ma’lumotni www.ucell.uz internet sahifasidan olish mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq