MTS-O’zbekiston kompaniyasi mobil Internetdan qulay foydalanish uchun yangilangan «GPRS-paketlar»ni taqdim etadi
01.02.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, 2 ta yangi «Internet 500» va «Internet 1000» GPRS-paketlar ishga tushirilishini hamda «GPRS-paketlar» narxlari arzoshtirilishini ma’lum qiladi.

Mobil Internetdan ko’p foydalanuvchilar uchun MTS-O’zbekiston kompaniyasi yangilangan «GPRS-paketlar»ni taqdim etadi. Ular yangi «Internet 500» va «Internet 1000» takliflari bilan to’ldirildi. «GPRS-paketlar» soni beshtaga yetdi, bu esa Mobil Internetdan ko’p foydalanuvchilarga o’z ehtiyojlariga qarab, qulayroq va kengroq tanlash imkoniyatini beradi.

Undan tashqari, yangi GPRS-paketlarni ishga tushirish bilan birga, kompaniya mavjud bo’lgan Internet paketlar narxlarini ham arzonlashtirdi.

mts_01_02_2010

«Abonentlarimizning mobil telefon orqali Internetdan foydalanish talablari tobora ortib bormoqda, shu sababli biz ularning Internet resurslaridan yana ham qulayroq foydalanishlari uchun yaxshiroq imkoniyatlarni yaratmoqdamiz. Kelgusida Internet xizmatlarining ommaboplashib borishiga va qulay mobil Internet, qo’shimcha xizmatlar bozorida o’z o’rnini mustahkam egallashiga ishonchim komil», – deb ta’kidladi, MTS-O’zbekiston kompaniyasi tijorat bo’yicha bosh direktor o’rinbosari Nuriddin Shadmanov.

Bitta raqamga bir vaqtning o’zida 2 ta «GPRS-paket»ni ulab olish mumkin. Har bir paketning amalda bo’lish muddati – aktivlashtirilgan kundan boshlab 30 kun.

Paket narxi uni aktivlashtirganda olinadi.

MMS/WAP/GPRS xizmatlaridan foydalanish uchun mobil telefonni sozlash kerak. «Sozlab oling» xizmatning bepul 0876 raqamiga qo’ng’iroq qilib, avtomatik sozlashlarni olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq