“25” tarifi Namangandan boshlandi
29.01.2010
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“Bilayn” yagona aloqa opеratori (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) yangi “25” tarif rejasining Namangan viloyati hududida ishga tushirilgani haqida e’lon qiladi.

Yangilikning asosiy ustunligi – hudud ichidagi barcha lokal chiquvchi qo‘ng‘iroqlar judayam arzon narxda: daqiqasi uchun 25 so‘m. Bunda barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar bepul va hech qanday abonent to‘lovi yo‘q!

beeline_29_01_2010_1

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MChJ ning Sharqiy hududiy filiali direktori Erkin Ochildiyev shunday dedi: “25” tarifining chiqarilishi –mahalliy o‘ziga xoslik va afzalliklarni inobatga olgan holda hududiy faollikni ishga tushirish bo‘yicha “Bilayn”ning yangi strategiyasidagi dastlabki qadamlaridandir. Bizning mijozlarimiz ishonch hosil qilishlari mumkin, yangi takliflar ishlab chiqilayotgan va tatbiq etilayotganda ularning firk-mulohazalari hamda takliflari asosiy omil bo‘ladi”.

Mazkur tarif rejasi faqatgina Namangan viloyati abonentlari uchun amalda. Ular “25” tarifiga o‘tishlari uchun qisqa *110*25# (chaqiruv) kodini tersalar kifoya.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq