MTS-O’zbekiston kompaniyasining yangi «SMS — to — e-mail» xizmati
22.01.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, yangi «SMS-to-e-mail» xizmati ishga tushirilishini ma’lum qiladi, bu xizmat yordamida mobil telefonidan matnli xabarlarni elektron pochta manzilga yuborish qulay va foydalidir.

Yangi xizmat kompaniya abonentlariga o’z do’stlari va yaqinlarining elektron manziliga SMS-xabarlarni tez va qulai yuborish imkonini beradi. Buning uchun abonentlar («Kimga» deyilgan joyda) qisqa 500 servis raqamiga SMS-xabar yuborishlari kerak, xabar matnida esa avval ХХХХХ@ХХХХ.ХХ formatida qabul qiluvchining e-mail manzilini yozishlari, so’ngra bo’sh joy qoldirib, xabar matnini terishlari zarur. O’z e-mail manziliga SMS-xabarni qabul qilgan abonent quyidagi matnni ko’radi: «+998ХХХХХХХХХ»dan xabar keldi, bu yerda ХХХХХХХХХ – xabar yuboruvchi raqamidir.

«Yangi xizmat ayniqsa yoshlar orasida mashhur bo’lishiga ishonchim komil. Axir SMS-muloqot juda qulay hisoblanadi, «SMS-to-e-mail» xizmati taqdim etgan yangi imkoniyatlar esa abonentlarimizga yanada erkinroq muloqotda bo’lish imkonini beradi», – deb ta’kidladi, MTS-O’zbekiston kompaniyasing tijorat bo’yicha bosh direktor o’rinbosari Nuriddin Shadmanov.

«SMS-to-e-mail» xizmatini aktivlashtirish kerak emas va undan MTSning O’zbekistondagi barcha abonentlari foydalanishlari mumkin.

500 servis raqamiga yuborilgan 1 ta chiquvchi SMS-xabar narxi – $0,03.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq