“Shahar- Gold” va “Gold Pro” o‘tishlar uchun ochiq
21.01.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Bilayn” yagona aloqa opеratori (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) “Shahar- Gold” va “Gold Pro” tarif rejalarining yaxshilangani haqida xabar qiladi.

2010 yilning 15 yanvaridan “Shahar- Gold” va “Gold Pro” TR dan o‘tishlarga bo‘lgan cheklovlar olib tashlandi. Endilikda mazkur tarif abonentlari “Bilayn”ning amaldagi istalgan tarif rejasiga o‘tishlari mumkin.

Aksiyani izohlar ekan, “Unitel” MChJ jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha katta mеnеjеri Oraz Abdurazakov shunday dеdi: “Biz hamisha mijozlarimizning istaklarini inobatga olamiz, mazkur holatda – o‘tgan yilgi aksiya davrida “Bilayn”ning “oltin” raqamlarini xarid qilganlarning istaklarini hisobga oldik. Endilikda ular ishonch hosil qilishlari mumkin, o‘zlarining sevimli raqamlarini o‘zgartirmagan holda bizning barcha tarif takliflarimiz ularning xizmatida”.

2009 yilning yanvar-fevral oylarida o‘tkazilgan aksiya shartlariga ko‘ra, $10, $20, $50, $100 va $300 miqdoridagi “oltin” raqamlarni 90% chegirma bilan xarid qilgan abonentlarga, ”Shahar- Gold” tarif rejasi ulanardi va undan faqatgina “Gold Pro” tarifiga o‘tish mumkin edi.

Shuningdek eslatib o‘tamiz, 2010 yilning 31 yanvarigacha “Bilayn”ning sotuv ofislarida aksiya bo‘lib o‘tmoqda, uning shartlariga ko‘ra, 1000 AQSh dollarilik “oltin” raqamlarni 200 AQSh dollariga sotib olib, abonent istalgan tarif rejasiga ulanishi mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq