Andijon aholisi uchun “Bilayn-Taksi”
28.12.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Bilayn” yagona aloqa opеratori (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) Farg‘ona, Andijon hamda Namangan viloyatlarini birlashtiruvchi “Unitel” MChJ ning Sharqiy hududiy filiali hududida “Bilayn-Taksi” deb nomlangan yangi yil aksiyasini o‘tkazmoqda.

Hozirgi bayram oldi kunlari Andijon ko‘chalari bo‘ylab, “Bilayn”ning o‘ziga xos rangida bezatilgan taksi kezib yuribdi. “Bilayn-Taksi” haydovchisi yo‘lovchilarga kompaniyaning tariflari, xizmatlari va boshqa takliflari to‘g‘risida savollar beradi. Manzilga yetib kelgach, yo‘lovchilar aksiyada ishtirok etish uchun o‘z aloqa telefonlarini taqdim etishadi.

Aksiyani sharhlar ekan, “Unitel” MChJ Sharqiy hududiy filialining ommaviy bozorni rivojlantirish bo‘yicha tijorat direktori Rasuljon Halilov qayd etdi: “Bizning abonentlarimiz “Bilayn”dan o‘ziga xos aksiyalarga ko‘nikib qolishgan, umid qilamizki, “Bilayn-Taksi” Yangi yil arafasida ularga ijobiy hamda yorqin taassurotlar taqdim etadi”.

“Bilayn-Taksi” aksiyasi natijalari 2009 yilning 31 dekabr kuni e’lon qilinadi, hamda shu kuni 5 nafar g‘olibga bayram sovg‘alari va yangi yilning bepul XXX-2010 raqamlari topshiriladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq