Modding haqida
25.12.2009
Rukn: Tanlovga yuborilgan maqolalar.
Muallif: Otabеk Abduraxmonov.

uchastnik Modding – bu kompyuterchilar orasida mavjud bo‘lgan va keyinchalik atrofdagi jismlarga tarqalgan harakatdir. Jumladan, mobil telefonlarga, avtomobillarga, oshxona kombaynlariga va boshqalarga.

Konstruksiya va tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarishdan iboratdir. Uning maqsadi quyidagicha:
1. Takrorlanmas va zamonaviy buyumga ega bo‘lishga intilish.
2. Zavqlanish. Undan tashqari – yaratuvchanlik.
3. Atrofdagilarni hayratga solish.
4. Buyumlarning xarakteristikasini o‘zgartirish.
5. Buyumning ish funksiyasini aniq maqsadga yo‘naltirish.
6. Kosmetik remont.

Tasavvur qilib ko‘ring, faqatgina kulrang toshlardan iborat uylari bo‘lgan shahar, unda faqat qora rangli mashinalar yuradi, shaharda yashovchilar ertalabki nonushtaga arpadan qilingan bo‘tqa iste’mol qiladilar va oq ko‘ylakda yuradilar. Tasavvurga sig‘maydigan manzara, to‘g‘rimi? Vaholanki, insonlar har doim turli o‘zgarishlarga, yangilikka intiladilar. Misol uchun, avtomobil egalari mashinalarini shunday bezaydilarki, barchasi bir xil avtomobillar ham turli ko‘rinish oladi.

Bir xillik tez jonga tegadi. Huddi shu bir xillik qachonlardir qaysidir bir kompyuterchining miyasida aylangan bo‘lsa kerak. Xuddi shunday qilib, dunyoga “midding” tushunchasi tug‘iladi.

Lug‘atga nazar tashlaylik. “Midding” so‘zi, siz to‘g‘ri tasavvur qilganingizdek, ingliz tilidan «to modify» — o‘zgartirish, modifikasiya qilish, ko‘proq kompyuterni modifikasiya qilishni, uning xarakteristikasini o‘zgartirishni, kompyuterning ko‘rinishidan estetik did olishni va uning takrorlanmas, o‘xshashi yo‘q ekanligidan zavqlanishni anglatadi.

Agar uning xarakteristikasi tushunarli bo‘lgan bo‘lsa (bu joyda ham bir-ikki fikrlar borki, bu haqda keyinroq), jonga tekkan kompyuterning tashqi ko‘rinishini va uning korpusini san’at asari darajasiga ko‘tarish mumkin.

Stimpank usulidagi modding sichqonchalar

Britaniyalik modder Unklian stimpank usulidagi modding sichqonchalarni yaratdi. Bu ishning barchasiga 18 dollar va 20 soatdan ortiqroq vaqt sarfladi. Natijada juda ham qiziqarli “kemiruvchi” paydo bo‘ldi.

mod_25_12_2009

Mod HL 2!. Kompyuterni yig‘di, to‘pladi, ranlarga bo‘yadi! Hech qanday qiyin ish qilmaganday ko‘rinsada, natijasi juda qiziqarli bo‘lib chiqdi.

mod_25_12_2009_1

Ozi noutbuk

Agar 50 amerika dolari, dremel, bir necha ishlov berilgan yog‘ochlar va dasturlashga ega bo‘la turib, nima qilish mumkin?

Modder Kris Fenton (Chris Fenton)ga 80–yillarda ishlab chiqarilgan, ya’ni o‘tgan asrda ishlab chiqarilgan kompyuterdan noutbuk yaratish nasib etdi.

mod_25_12_2009_2

Leptop PICAXE 18X Microcontroller prosessordan tashkil topgan va 96 Mbayt operativ (tezkor) xotira va o‘zi yaratgan 14 programmani o‘zida saqlovchi nakopiteldan iborat.

Tasvirlarni ko‘rsatib berish uchun 20×4 bo‘lgan belgilardan (simvol) iborat monoxrom oq-ko‘k LCD-displey javob beradi.

mod_25_12_2009_3

mod_25_12_2009_4

Pichoqli Monitor Moddingi
Eng qiziqarli modding monitorning variantini heiner yaratdi. O‘z kompyuteri monitoringining tepa qismiga pichoqning ushlovchi qismini, kompyuter monitorini tasvirlovchi suratiga pichoqning qolgan qismini joylashtirdi. Shunday qilib, ekranda pichoqning to‘la qismini tasviri hosil bo‘ldi.

mod_25_12_2009_5

Bu fikr juda ham qiziqarli bo‘lib, amalga oshirish uchun qulay edi, monitor va klaviatura himoyalovchi harbiy rangga bo‘yaldi.

Eski Xard diskdan soat

mod_25_12_2009_6

Foydalanilgan manbaalar

1. www.engadget.com
2. www.netvestnik.com
3. www.case-gallery.de

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq