Yo’lovchi tashish transport vositalarida axborot texnologiyalardan foydalanish va ularni kelgusida tatbiq etish istiqbollari
24.12.2009
Rukn: Tanlovga yuborilgan maqolalar.
Muallif: Zufarjon Maxsudov.

uchastnik Ma’lumki dunyo olimlari XXI asrni axborot asri sifatida e’tirof etishmoqda. Ular axborot texnologiyalarning rivojlanish darajasiga baho berish orqali buni asoslamoqda. Dunyoda yaratilgan va yaratilayotgan barcha axborot texnologiyalar va ular orqali uzatiladigan ma’lumotlar insoniyat uchun xizmat qilishi barchamizga ma’lum. Hayotimizning muhim bo’g’iniga aylanib qolgan televizor ham shular jumlasidandir.

Televizorning kashf etilishi insonlarning maishiy turmush tarzi uchun yangilik bo’ldi. Shu bilan birga televizorlar insonlarga axborot olish vositasi sifatida ham xizmat qila boshladi. Hozirgi kunga kelib televizor va radio bilan birga zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan, kompyuter,mobil aloqa va internet asosiy axborot manbalariga aylanib bormoqda. Shunday ekan, bu axborot texnologiyalardan insoniyatga foydasi tegadigan tarzda samarali foydalanish maqsadga muvofiq.

Ushbu maqolada yo’lovchi tashish transport vositalaridan bo’lgan metrolarning yo’lovchi tashish vagonlarida axborot texnologiyalardan, xususan,monitor(televizor)lardan samarali foydalanish bo’yicha bir qancha taklif va mulohazalarni keltiramiz.

Ma’lumki, Toshkent metropolitenining qurilishi 1968-1970 yillarda boshlangan. 1976 yilda 9 bekatdan iborat Chilonzor liniyasi qurib bitkazilgan va 1977 yilda foydalanishga topshirilgan. Ikkinchi liniya(O’zbekiston liniyasi) to’laligicha 1992 yilda foydalanishga topshirilgan. Mustaqillik yillarida Toshkent metropolitenining Yunusobod atalmish uchinchi liniyasi qurilishi yakunlandi va foydalanishga topshirildi. Bu 2001 yilning sentyabr oyiga to’g’ri keladi. Hozirda Toshkent metropoliteni 3 ta liniyaga va umumiy uzunligi 37.5 km.ga teng 29 ta bekatga ega.

Toshkent metropolitenining xaritasi:

maq_7_12_2009

Manba: www.goldenpages.uz

maq_7_12_2009_1

Toshkent metropolitenining. Buyuk ipak yo’li bekati.

maq_7_12_2009_2

Toshkent metropolitenining. A.Navoiy bekati.

Manba: www.metrotashkent.narod.ru

Aynan metrolar aksariyat Toshkent shaxri aholisining asosiy transport vositasiga aylanib qolgan. Bu transport vositasi manzilga qisqa vaqtda eltib qo’yishi bilan ham muhim ahamiyatga molik.

Endigi navbatda bevosita maqolaning asosiy qismiga e’tiboringizni qaratamiz.
Yuqorida ta’kidlanganidek, yo’lovchi tashish transport vositalaridan bo’lgan metrolarning yo’lovchi tashish vagonlarida monitorlardan samarali foydalanish maqolamizning asosiy mazmunidan iborat. Quyida bu yo’lda bajarilishi lozim bo’lgan bir qancha masalalarni o’rganib chiqamiz:
1. Metropolitenning yo’lovchi tashish vagonlarida monitorlardan foydalanishdan asosiy maqsad.
2. Monitorlar o’rnatiladigan joyni aniqlash. Monitorlarning hajmi va miqdori.
3. Bu g’oyani amalga oshirishi mumkin bo’lgan tashkilot.
4. Monitorlarda beriladigan ma’lumot va axborotlar.
5. O’rnatilgan monitorlarda beriladigan ma’lumotlar tartibi.

Metropolitenning yo’lovchi tashish vagonlarida monitorlardan foydalanishdan asosiy maqsad – yo’lovchilarga mamlakatimiz va xorijda ro’y berayotgan yangiliklarni o’z vaqtida yetkazish, qo’shiqlar, reklama va e’lonlar berib borish orqali ularning metrodagi vaqtini mazmunli o’tkazishini ta’minlash. Bu g’oyani amalga oshiruvchi va bunga egalik qiluvchi xo’jalik sub’ekti yoki davlat tashkilotining byudjetiga reklama va e’lonlardan tushadigan mablag’lar orqali ularning foyda olishini ta’minlaydi. Bu esa xo’jalik sub’ekti tomonidan davlat g’aznasiga belgilangan soliqlarni to’lashini hamda bu to’lovlar davlat byudjeti daromadlarida soliqlarning salmog’ini qisman bo’lsada oshirishini anglatadi. Shu bilan birga reklama va e’lonlar berishi mumkin bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun bu g’oyaning amalga oshishi ayni muddao bo’ladi.

Monitorlar o’rnatiladigan joyni aniqlash. Monitorlarning hajmi va miqdori.
Monitorlar metropolitendagi poyezd vagonlarining ichki qismiga o’rnatiladi. Har bir vagonga ikkitadan monitor quyidagicha o’rnatiladi:

maq_7_12_2009_3 maq_7_12_2009_4

Manbalar: www.metrotashkent.narod.ru, www.store.mo-co-so.com

Bu holatda yo’lovchilarning 85-90 % i monitordagi ma’lumotlarni ko’ra olishi va eshita olish imkoniyatiga ega bo’ladi.Monitorlar vagonlar ichki qismining ikki tomonida joylashgan bittalik eshiklarning yuqori qismiga o’rnatiladi. Agarda monitorlar sonini uchtaga yetkazilsa,deyarli yo’lovchilarning 100 % i monitorlarni ko’ra oladi. Uchinchi monitorni quyidagicha joylashtirish mumkin:

maq_7_12_2009_5

Manbalar: www.metrotashkent.narod.ru, www.store.mo-co-so.com

Uchinchi monitor vagonning o’rtasida joylashgan eshikning yuqori qismiga o’rnatiladi. Bir vagonda uchta monitor o’rnatilishi harajatlarning ko’payishiga olib keladi. Shuning uchun dastlab 2 ta monitordan foydalangan ma’qul. Agarda g’oya kutilgan samarani bersa, monitorlar sonini uchtaga yetkazish mumkin bo’ladi.

Monitorlarning hajmi taxminan 30×40 sm.da bo’lishi maqsadga muvofiq. Ya’ni bo’yi 30 sm., eni 40 sm. Albatta buni mutaxassislar bilan maslahatlashib amalga oshirish lozim.Hozirgi texnika taraqqiyoti asrida monitorlarning har qanday turini topish mumkin. Bu g’oyani amalga oshirish uchun quyidagicha ko’rinishga ega bo’lgan monitorlardan foydalanish mumkin:

maq_7_12_2009_6

1. Manba: www.3mselect.co.uk

maq_7_12_2009_7

2. Manba: www.store.mo-co-so.com

maq_7_12_2009_8

3. Manba: www.asiannet.com

maq_7_12_2009_9

4. Manba: www.skytouch.win.mofcom.gov.cn

Toshkent metropolitenida yo’lovchi vagonlari sonini shartli ravishda 125 ta deb faraz qilsak, jami 250 ta monitor lozim bo’ladi.Bunda bir yo’lovchi tashish vagoniga 2 ta monitor joylashtirilishi ko’zda tutilgan.

Bu g’oyani amalga oshirishi mumkin bo’lgan tashkilotO’zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi (O’zMTRK).
O’zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi (O’zMTRK) O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining qo’llab-quvvatlovi bilan bu g’oyani amalga oshirishi mumkin bo’lgan tashkilotdir.

Nega aynan O’zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi (O’zMTRK)?
Bu g’oyaning asosiy mazmuni yo’lovchilarning o’z manziliga yetib olishidagi vaqtini mazmunli o’tkazish, tadbirkorlarga reklama va e’lonlar berishi uchun qulay sharoit yaratishdir. Yo’lovchilar vaqtini mazmunli o’tkazishi uchun monitorlarda maxsus yangiliklar berib borilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yangiliklar mazmuni, boshlovchilar malakasi, yozuv sifati televideniyada beriladigan yangiliklardan also kam bo’lmasligi lozim. Bu yo’lovchilarni jalb etishda muhim o’rin tutadi. Yangiliklarni tayyorlash uchun jurnalistlar, ularni yozib olish va efirga uzatish uchun yaxshigina telestudiya talab etiladi. Bunday sharoit aynan O’zMTRKda mavjud.

Bu g’oyadan O’zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi (O’zMTRK) qanday manfaat ko’radi?
Bu g’oyani amalga oshirishdan oldin O’zMTRK Toshkent metropoliteni bilan hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolaydi . Shartnomada tomonlar uchun manfaatli shartlar keltiriladi.

O’zMTRK Toshkent metropoliteniga tegishli asosiy vositalarda — metropolitenning yo’lovchi tashish vagonlarida qo’shimcha faoliyat olib borayotganligi uchun ularga shartnoma bo’yicha ma’lum haq to’lab boradi. O’zMTRK qo’shimcha tijorat faoliyati bilan shug’ullanayotganligi uchun ya’ni monitorlarda beriladigan reklama va e’lonlardan tushadigan tushum orqali o’z byudjetini sezilarli ravishda oshirib borish imkoniyatiga ega bo’ladi.

O’zMTRKning g’oyani amalga oshirishdagi asosiy harajati monitorlarni sotib olishga yo’naltiriladi. Harajatlarni kamaytirish uchun monitorlar ishlab chiqaradigan yoki sotadigan kompaniya bilan quyidagicha kelishuvga erishish lozim:Kompaniya monitorlarini O’zMTRKga ma’lum bir chegirma bilan sotadi va evaziga O’zMTRK metropolitenning yo’lovchi tashish vagonlarida o’rnatilgan monitorlarda ushbu kompaniya mahsulotlarinining reklamasini 2-3 oy mobaynida tekinga “aylantiradi” Bu ikki tomon uchun ham manfaatli kelishuv bo’ladi.

Monitorlarda beriladigan ma’lumot va axborotlar.
Metropolitenning yo’lovchi tashish vagonlarida o’rnatilgan monitorlarda yangiliklar, reklama va e’lonlar,shuningdek, qo’shiqlarning berib borilishi axborot uzluksizligini ta’minlaydi.

Yangiliklar tayyorlash uchun O’zMTRK qoshida “Metro TV” bo’limi tashkil etiladi va bu bo’limga jurnalistlar, boshlovchilar, rejissiyorlar, rejissiyor yordamchilari,musiqiy muharrirlar, reklama va e’lonlar bilan shug’ullanuvchi hodimlar, shuningdek, ma’muriy hodimlar biriktiriladi. Yangiliklar dasturida asosan mamlakatimizda va xorijda ro’y berayotgan voqea-hodisalar qisqacha tarzda yetkaziladi.

Ushbu faoliyatni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan barcha harajatlar O’zMTRKning harajatlar smetasiga kiritiladi.
Reklama va e’lonlar monitorlarda quyidagi usullarda berilishi mumkin:
1. Reklama roliklari.
2. Surat shaklidagi ovozsiz reklama.
3. Yozuvli reklama (titr).

Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi xo’jalik sub’ektlariga o’z mahsulotlarining reklamasini metropolitenning yo’lovchi tashish vagonlaridagi monitorlarga joylashtirishi ular uchun juda manfaatlidir. Chunki metrolardan bir kunda bir necha minglab yo’lovchilar foydalanadi va o’z-o’zidan reklamasi berilayotgan mahsulotga bo’lgan talabni bir necha barobar oshiradi. Bu esa kompaniyalarning mahsulot sotish hajmini oshirish bilan birga kompaniya faoliyatining kengayishiga olib keladi. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan har qanday firma va kompaniyalarning rivojlanishi va kengayishi respublikamiz iqtisodiyotining o’sib borishini ta’minlaydi.
Yo’lovchilarni monitorga jalb qilish uchun esa o’zbek estradasi qo’shiqlari,retro qo’shiqlari va klassik durdona qo’shiqlari, shuningdek xorij san’atkorlarining ayrim qo’shiqlari berib borilishi lozim. Bu turfa xillikni ta’minlaydi va yo’lovchilarni zeriktirib qo’ymaydi.

Metropolitenning yo’lovchi tashish vagonlarida o’rnatilgan monitorlarda beriladigan ma’lumotlar tartibi.
Aksariyat yo’lovchilar metrolarda o’z manzillariga tez fursatda yetib borishini inobatga olsak, monitorlarda ikki daqiqalik yangiliklar berib borilishi maqsadga muvofiq.

Metroning dastlabki bekatidan oxirgi bekatigacha boradigan yo’lovchilar uchun manzilga yetib borish taxminan 25-30 daqiqani oladi. Biroq ko’pgina yo’lovchilar metroning xizmatidan o’rtacha 10-15 daqiqa foydalanadi. Shu bilan birga deyarli har bekatda yo’lovchilar oqimi davom etadi. Bu esa yangiliklarning qisqa va tezkor bo’lishini talab etadi.

Yangiliklarni quyidagi tartibda berib borish lozim:
— yangiliklarning davomiyligi 2 daqiqani tashkil etadi;
— yangiliklar har 10 daqiqada efirga beriladi;
— jurnalistlar tomonidan kun mobaynida 2 daqiqalik yangiliklardan 3 marta tayyorlanadi va efirga uzatiladi.

Yangiliklarning kunlik tartibi quyidagicha bo’lishi mumkin:
6:00 – 12:00 — birinchi ikki daqiqalik yangiliklar;
12:00 – 18:00 — ikkinchi ikki daqiqalik yangiliklar;
18:00 – 24:00 — uchinchi ikki daqiqalik yangiliklar;

Bularni dastlabki taxminiy vaqtlar deb hisoblaymiz. O’zMTRKning tashabbusi bilan yuqoridagi vaqt oraliqlari qisqartirilishi va bir kunda 4-5 marta yangiliklar tayyorlanishini yo’lga qo’yishi mumkin. Bu yangiliklarning turfa xilligini ta’minlaydi.

Metropolitenning yo’lovchi tashish vagonlarida o’rnatilgan monitorlarning ishlash vaqti 6:00 dan 24:00 gacha bo’lishi lozim. Monitorda ma’lumotlar berish tartibi har 10 daqiqada takrorlanadi. 10 daqiqalik vaqt esa quyidagicha taqsimlanadi:

1. 09:00 — yangiliklar.
2. 09:02 — reklama va e’lonlar.
3. 09:04 — qo’shiq.
4. 09:08 — reklama va e’lonlar.
5. 10:00 — yangiliklar.

Shuningdek, yana bir jihatni e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Ma’lumki, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov yil davomida bir qancha ma’ruzalari bilan chiqish qiladi. Prezidentimizning bayram tadbirlaridagi ma’ruzalari,viloyatlarda aholi bilan suhbatlari shular jumlasidandir. Prezidentimizning ma’ruzalari metropolitenning yo’lovchi tashish vagonlarida o’rnatilgan monitorlarda ham namoyish etib borilsa, bunday ma’lumotlar yo’lovchilarni befarq qoldirmasligi kundek ravshan.

Shu o’rinda eslatib o’tish joiz, hozirda Toshkent metropolitenining ko’pgina bekatlariga monitorlar o’rnatilgan. Bu monitorlarda asosan qo’shiqlar, reklama va e’lonlar berib boriladi. Yuqorida batafsil yoritilgan g’oya metropoliten bekatlaridagi monitorlarga tegishli emas. Biroq metropolitenning yo’lovchi tashish vagonlarida o’rnatilgan monitorlarning ishlash tartibi va beriladigan ma’lumotlarni metropoliten bekatlaridagi monitorlarda ham qo’llansa,foydadan holi bo’lmaydi.

Foydalanilgan manbalar:
1. www.goldenpages.uz
2. www.uz
3. www.google.co.uz
4. www.metrotashkent.narod.ru
5. www.store.mo-co-so.com
6. www.3mselect.co.uk
7. www.asiannet.com
8. www.skytouch.win.mofcom.gov.cn

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq