O‘znetda savodsizlik muammolari yoki o‘zbek tilidagi saytlarda tilga bo‘lgan e’tibor
17.12.2009
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Behzod Saidov.

uchastnik Internet tarmog‘ining O‘zbekiston bilan bog‘liq qismi – O‘znet yildan yilga kengayib bormoqda. O‘zbekistonda 2009-yilning birinchi yarmiga kelib Internetdan foydalanuvchilar soni 2,6 million kishini tashkil qildi.

Boshqacha aytganda bu respublikamizning har 1000 fuqarosiga 91,48 Internet foydalanuvchisi to‘g‘ri keladi deganidir (Manba: http://www.aci.uz/ru/news/uzaci/article/1004/). „.UZ“ zonasidagi faol domenlar soni esa, 2009-yil 14-dekabr holatiga ko‘ra 9479 tani tashkil etadi (Manba: http://cctld.uz/stat/).

Bugungi kunga kelib O‘znetda ko‘plab veb-saytlar foydalanuvchilar ehtiyojini qondirib kelmoqda. Unda ko‘plab davlat idoralari, korxona, tashkilot va muassasalarning, ommaviy axborot vositalarining rasmiy veb-saytlarini, turli tarmoq xizmatlari ko‘rsatuvchi saytlarini, elektron tijoratga yo‘naltirilgan saytlarini, sport va sog‘liqni saqlash bo‘yicha saytlarni, ko‘plab shaxsiy sahifalar, bloglar va boshqa turli yo‘nalishlardagi veb-resurslarni uchratish mumkin. Lekin, tan olib aytish lozimki, ko‘plab saytlarda taqdim qilinayotgan ma’lumotlar, ya’ni ularning kontenti talab darajasida emas. Ayniqsa bu davlat idoralari, tashkilot va muassasalarning, ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida yaqqol ko‘rinadi. O‘znetdagi veb-saytlarning rivojlanish istiqbollari, bugungi holati va muammolariga bag‘ishlangan deyarli barcha maqolalarda kontent muammosiga alohida urg‘u berilganligi ham bejiz emas. Ushbu maqolada esa aynan o‘zbek tilidagi kontentda yo‘l qo‘yilayotgan bir qancha muammolar va ularni bartaraf qilish yo‘llari haqida fikr yuritamiz.

O‘znetda ma’lumotlar asosan o‘zbek tilida taqdim qilinadigan veb-saytlar soni juda ko‘p bo‘lmasada, ularning soni avvalgidan ko’ra sezilarli darajada ortib bormoqda. Bu albatta quvonarli holat, lekin ko‘p hollarda ularda taqdim qilinayotgan ma’lumotlardagi o‘ta e’tiborsizlik bilan yozilganligi, imlo va grammatik xatolarning juda ham ko‘p uchrashi foydalanuvchilar uchun noqulaylik tug‘dirishi bilan birga tilga bo‘lgan bunday munosabatni odatiy holga aylanib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Hatto, boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak bo‘lgan ko‘pgina tashkilotlarning ham rasmiy veb-saytlarida bu muammolarni yaqqol ko‘rish mumkin. Xo‘sh, aynan qanday muammolar mavjud? Ularni qanday bartaraf qilish mumin? Quyida bu masalalarga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Odatdagi imlo xatolari
Muammo. Odatdagi imlo xatolari qatoriga beixtiyor qilinadigan turli xatolarni kiritishimiz mumkin. Bunday xatolar darrov ko‘zga tashlanmaganligi uchun odatda e’tiborsiz qoladi. Albatta, imlo xatolarini to‘liq bartaraf qilish mushkul masala. U matnni kiritishda sinchkovlik, diqqat va imloni mukammal bilishni talab qiladi. Hamma ham o‘z veb-saytida imlo xatolaridan to‘liq qutulish uchun korrektor yollay olmaydi. Odatda, sayt uchun matn tayyorlovchi kishi ham oflayn OAV korrektori darajasida imlo qoidalaridan xabardor bo‘lmaydi.

Yechim. Bu holatda imloni tekshirish dasturlari yordamchi bo‘lishi mumkin. Odatda turli matnlar tayyorlash davomida „Microsoft Word“ dasturi va undagi rus va ingliz tilida imloni tekshirish imkoniyatidan ko‘pchilik samarali foydalanadi. Afsuski, o‘zbek tili imlosini tekshirish imkoniyati „Microsoft Word“ dasturida talab darajasidan ishlamaydi. To‘g‘rirog‘i, dasturni o‘rnatish bilan birdan ishlamaydi. O‘zbekcha matnlarda imloni tekshirish imkoniyatini yaratish uchun „SPELLS“ kompaniyasi tomonidan chiqarilgan „UzSpell“ dasturidan foydalanish mumkin, lekin u faqat kirill alifbosidagi matnlarni tekshirish imkoniga ega xolos. Lotin alifbosidagi matnlarni tekshirish uchun esa „Microsoft Office 2007“ dasturlar paketining o‘zbekcha interfeys tarjimalarini (LIP – Language Interface Pack) uning rasmiy veb-saytidan ko‘chirib olish mumkin. Saytda uni o‘rnatish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar ham berilgan. Office 2007 dasturlar paketiga o‘zbekcha LIP kengaytmasini o‘rnatganingizdan so‘ng uning interfeysi o‘zbek tilida ko‘rinish bilan birga, lotin alifbosida yozilgan o‘zbekcha matnlarni imlo xatolariga tekshirish imkoniyati ham paydo bo‘ladi (1-rasm).

uz_17_12_2009

1-rasm. Microsoft Office 2007 dasturida o‘zbekcha interfeys va imlo xatolarini tekshirish imkoniyati.

Erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlarda, xususan Linux operatsion tizimi va undagi dasturlarda o‘zbekcha matnlarni imloga tekshirish uchun aspell-uz paketidan foydalanish mumkin. Lekin, hozircha uning yordamida faqat o‘zbek kirill alifbosidagi matnlarni tekshirishingiz mumkin xolos.

Albatta, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan imloni tekshirish dasturlari o‘zbek tilidagi imlo xatolaringizni to‘liq bartaraf qila olmaydi. Agar siz yozgan so‘zni o‘zining so‘zlar bazasidan topa olmasa, hatto to‘g‘ri yozilgan so‘zlarni ham xato deb ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, hamma ham veb-sayt uchun matnni biror matn muharririda tayyorlamaydi. Ko‘p holatlarda sayt matni to‘g‘ridan to‘g‘ri saytning o‘ziga, uning kontentini boshqarish tizimi yordamida veb interfeysdan kiritiladi. Ushbu holatda saytdagi matnni imlo xatolariga tekshirib beruvchi Internet xizmatlarining (masalan, Yandex kompaniyasi taqdim qiladigan veb-masterlar uchun uskunalar tarkibiga kiruvchi imloni tekshirish xizmati kabi xizmatlarning) tashkil qilinishi foydadan xoli bo‘lmas edi. Afsuski, bugungi kunda O‘znetda birorta ham bunday xizmat mavjud emas.

Kirill alifbosiga xos bo‘lgan muammolar
Muammo. Kirill alifbosiga xos bo‘lgan muammolar asosan Ўў, ??, ?? va ?? harflari bilan bog‘liq. Bu harflarni kiritish uchun klaviatura tugmalari tartibi paydo bo‘lganiga qariyb 10 yil bo‘lgan bo‘lsada, afsuski, shu kungacha bu harflarni klaviaturadan kiritishni bilmaydiganlar topiladi (2-rasm).

uz_17_12_2009_1

2-rasm. Ў ў, ? ?, ? ? va ? ? harflaridan foydalanilmagan sayt.

Ayrim saytlarda esa sahifalarning kodlash usuli ??, ?? va ?? harflarini qo‘llab-quvvatlamaganligi sababli bu harflardan atayin foydalanilmaganligini ko‘rish mumkin (3-rasm). Ushbu holatlarda muammoga odatda saytning kodlash usuli sifatida „windows-1251“ tanlanganligi sabab bo‘ladi. 3-rasmdagi saytning dastlabki kodini ochib, muammo aynan shunda bo‘lganligini ko‘rish mumkin:

<meta http-equiv=»Content-Type» content=»text/html; charset=windows-1251″>

uz_17_12_2009_2

3-rasm. Sahifalarning kodlash usuli ??, ?? va ?? harflarini qo‘llab-quvvatlamaganligi sababli bu harflardan foydalanilmagan sayt.

„windows-1251“ kodlash usuli Microsoft Windows operatsion tiziming barcha ruscha versiyalarida asosiy kodlash usuli hisoblanganligi sababli vebda kirill yozuvi uchun eng ko‘p shu kodlash usulidan foydalaniladi. Afsuski, unga o‘zbek kirill alifbosidagi ??, ?? va ?? harflari qo‘shilmagan. Ўў harfi esa belorus alifbosida ham uchraganligi sabab ushbu kodlash usuli uni qo‘llab quvvatlaydi.

Yechim. Yechim. Albatta, muammoning yechimi mavjud va u juda murakkab ham emas. Agar sayt sahifalarida „windows-1251“ kodlash usuli ishlatilgan bo‘lsa, unda ??, ?? va ?? harflarini chiqarish uchun quyidagi HTML tilining maxsus simvollaridan foydalanish mumkin: ? – &#1178; ? – &#1179; ? – &#1170; ? – &#1171; ? – &#1202; ? – &#1203; Masalan, O‘znetda bu usuldan „O‘zbek futbol fanatlari“ (uff.uz) veb-sayti samarali foydalanadi.

Yana bir variant UTF-8 kodlash usuli bo‘lib, bugungi kunda Internet tarmog‘idagi ko‘plab saytlar aynan shu kodlash usulida ishlashadi. Bu kodlash usulining ustun tomoni, endilikda siz nafaqat kirill alifbosidagi muammoli harflarni balki, dunyodagi deyarli barcha alifbolarning simvollarini veb-saytingizda ishlatishingiz mumkin bo‘ladi. Agar bu kodlash usulidan foydalanadigan bo‘lsangiz, HTML tilining maxsus simvollaridan foydalanish shart emas, matnni to‘g‘ridan to‘g‘ri operatsion tizimdagi o‘zbek kirill klaviatura tugmalari tartibidan foydalangan holda kiritishingiz mumkin. Faqat, sayt sahifalarining dastlabki kodidagi meta-ma’lumotlarda va sahifani saqlayotganda kodlash usuli sifatida UTF-8 usulini ko‘rsatishni unutmang.

Lotin alifbosiga xos bo‘lgan muammolar
Muammo.
Lotin alifbosiga xos bo‘lgan muammolar asosan O‘o‘ va G‘g‘ harflari, hamda ’ tutuq belgisini noto‘g‘ri ifodalash bilan bog‘liq. Ko‘p hollarda O‘o‘ va G‘g‘ harflari ustidagi yuqoriga qaragan vergul ko‘rinishidagi simvol va pastga qaragan vergul ko‘rinishidagi tutuq belgisi noto‘g‘ri qo‘yiladi (4-rasm).

uz_17_12_2009_3

4-rasm. O‘ o‘, G‘ g‘ harflari va tutuq belgisining yozilishi.

O‘o‘, G‘g‘ harflari va tutuq belgisining noto‘g‘ri yozilishi O‘znetdagi deyarli barcha saytlarda uchraydi. uza.uz, gov.uz, onatili.uz kabi asosiy kontent lotin yozuvida taqdim qilinadigan saytlarda sayt kontentiga ancha e’tibor bilan yondashilsada, baribir, sahifalarda imlo xatolari tez-tez uchrab turadi (5-rasm). Uza.uz kabi saytlarda yangiliklar matnining noto‘g‘ri yozilishi ko‘plab davlat tashkilotlari saytlarida ham ushbu xatoning qaytarilishiga olib keladi, chunki davlat tashkilotlari veb-saytlaridagi yangiliklar odatda Milliy axborot agentligi veb-saytidan olinadi.

uz_17_12_2009_4

5-rasm. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi veb-saytida O‘o‘, G‘g‘ harflari va tutuq belgisining yozilishi.

Lotin alifbosiga xos bo‘lgan boshqa muammolar asosan transliteratsiya bilan bog‘liq. Ko‘p hollarda matn avval kirill yozuvida tayyorlanib, keyin transliterator dastur yordamida lotin yozuviga o‘tkaziladi. Afsuski, bugungi kunga qadar o‘zbek kirill yozuvidan lotin yozuviga va teskari yo‘nalishda barcha imlo qoidalariga to‘liq amal qilib o‘giradigan birorta ham dastur yo‘q. Transliteratsiyada eng ko‘p xatolar kirill alifbosidagi Цц va Ее harflarini lotin yozuviga o‘tkazishda, sanalarning yozilishida (Lotin yozuvining imlo qoidalariga ko‘ra sanalar chiziqcha bilan yoziladi. Masalan: 14-dekabr. Bundan tashqari, сентябрь – sentabr, октябрь – oktabr deb yozilishi kerak.), ayrim lotin yozuvidagi so‘zlarning transliteratsiya qoidalariga umuman mos kelmasligi (Masalan: бюджет – budjet, бюро – buro, валюта – valuta, дублёр – dublor, дюйм – duym, изолятор – izolator, иллюзия – illuziya, калькулятор – kalkulator) e’tiborga olinmaganligi kabi holatlarda yuzaga keladi.

Veb-saytlardagi lotin yozuvi bilan bog‘liq imlo xatolarining sabablari odatda quyidagilardan biri yoki bir nechtasi bo‘ladi:
1) Matn muallifi lotin alifbosini yaxshi bilmaydi va bu harflarning aynan to‘g‘ri yozilishidan xabari yo‘q;
2) Matn muallifi transliteratsiya qiluvchi dastur yordamida kirilldan lotinga o‘tkazilgan matnni qayta tahrirlab chiqmaydi;
3) Windows operatsion tizimi bilan taqdim qilinadigan o‘zbek lotin alifbosi uchun klaviatura tugmalari tartibida ushbu yuqoriga va pastga qaragan vergul ko‘rinishidagi simvollar mavjud bo‘lmaganligi uchun matn muallifi ularni qanday kiritishni bilmasdan, klaviaturadagi inglizcha tugmalar tartibidan foydalanib qo‘ya qoladi.

Yechim. Yuqorida sanab o‘tilgan muammolardan birinchi ikki muammo albatta matn muallifining o‘z savodlilik darajasi, lotin yozuvining imlo qoidalaridan qanchalik xabardorligiga bog‘liq. Bunda albatta sayt kontent menejerining o‘z ustida ishlashi, imlo qoidalari bo‘yicha bilimini oshirishi kerak bo‘ladi.

Uchinchi muammoning yechimi esa, unchalik qiyin emas. Darhaqiqat, Windows operatsion tizimi bilan taqdim qilinadigan o‘zbek lotin alifbosi asosidagi klaviatura tugmalari tartibida O‘o‘, G‘g‘ harflari va tutuq belgisining yozilishi uchun zarur bo‘lgan yuqoriga va pastga qaragan vergul ko‘rinishidagi simvollarning mavjud emasligi ularni kiritishda qiyinchilik tug‘diradi. Ularni veb-sahifaga chiqarish uchun HTML tilining maxsus simvollaridan foydalanish mumkin: &lsquо; (O‘o‘ va G‘g‘ harflari uchun) va &rsquо; (tutuq belgisi uchun). Lekin, veb-sahifalarni kod ko‘rinishida emas, balki vizual tahrirlayotganda HTML tilining maxsus simvollarini kiritish noqulaylik tug‘diradi. Odatda ko‘pchilik o‘ziga qulay bo‘lgan matn muharririda matnni ingliz harflari bilan yozib olib, so‘ngra avval O‘o‘ va G‘g‘ harflarini, so‘ngra tutuq belgisini avtomat tarzda almashtirish yo‘li bilan to‘g‘rilab chiqadi. Bu esa, albatta, juda noqulay. Agar, bu muammoli simvollarni matnni yozayotgan vaqtingizda birato‘la to‘g‘ri kiritmoqchi bo‘lsangiz, unda o‘zbek lotin alifbosi uchun moslashtirilgan klaviatura tugmalari tartibi kerak bo‘ladi. Bunday klaviatura tugmalari tarkibini quyidagi manzildan yuklab olishingiz mumkin: http://behzod.uz/projects/uzl-keyboard/. Siz o‘qiyotgan ushbu maqolani yozishda ham aynan shu tugmalar tartibidan (6-rasm) foydalanildi.

uz_17_12_2009_5

6-rasm. O‘zbek lotin alifbosi uchun klaviatura tugmalari tartibi.

Shriftlar muammosi
Muammo.
Ayrim hollarda sayt sahifalarida imlo xatolariga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsada, noto‘g‘ri tanlangan shrift tufayli matnlar yaxshi ko‘rinmaydi. Ushbu muammolar qatoriga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1) Internet Explorer brauzerining 6-verisiyasida (IE6) kirill yozuvidagi matnlarda ??, ?? va ?? harflarining o‘rniga to‘rtburchaklar chiqib qolishi.
2) O‘o‘, G‘g‘ harflari va tutuq belgisining noto‘g‘ri ko‘rinishi.

Yechim. Verdana shriftidan foydalanmang! Ha, aynan shu shriftdan foydalanish oqibatida kirill alifbosidagi ??, ?? va ?? harflari IE6da to‘g‘ri ko‘rinmaydi. Albatta, IE6 bundan 8 yil oldin chiqqanligini, uning o‘rnini allaqachon yangi, zamonaviy brauzerlar egallayotganligini e’tiborga olgan holda bu muammoni unchalik muhim emas, deb qarashimiz mumkin edi, lekin Verdana shriftida lotin yozuvidagi O‘o‘, G‘g‘ harflari va tutuq belgisi ham noto‘g‘ri ko‘rinadi (7-rasm). Bunday holda yangi brauzerdan foydalanish ham yordam bermaydi.

uz_17_12_2009_6

7-rasm. Verdana shriftida lotin yozuvidagi O‘ o‘, G‘ g‘ harflari va tutuq belgisining noto‘g‘ri ko‘rinishi
O‘zbek tilidagi veb-saytlarda Arial, Helvetica, sans-serif yoki Times New Roman, Times, serif shrift ketma-ketliklarini ishlatish tavsiya qilinadi (8-rasm).

uz_17_12_2009_7

8-rasm. Arial shrifti qo‘llanilganidan so‘ng 7-rasmda ko‘rsatilgan sahifaning ko‘rinishi

Tillarning va alifbolarning aralash qo‘llanilishi
Muammo.
Saytda turli tillarning va alifbolarning aralash qo‘llanilishi nafaqat foydalanuvchi uchun noqulaylik tug‘diradi, balki saytga bo‘lgan salbiy munosabatni ham uyg‘otadi. Odatda tashlab qo‘yilgan, qo‘l uchida yoki e’tiborsizlik bilan yaratilgan saytlarda bu holatni ko‘p uchratish mumkin. Bunday saytlar qatorida O‘zbekiston Respublikasida ta’lim portaliedu.uz (9-rasm), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi portalimarkaz.uz (10-rasm) kabi aslida savodli yozilgan matnlar bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak bo‘lgan veb-saytlarni uchratish juda achinarli holat.

uz_17_12_2009_8

9-rasm. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim portalida turli tillarning aralash qo‘llanilishi.

uz_17_12_2009_9

10-rasm. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi portalida turli alifbolarning aralash qo‘llanilishi va imlo xatolar.

Yechim. Nima ham deyish mumkin? Bunday holatlarda veb-sayt uchun mas’ul kishilardan o‘z ishlarining natijasiga e’tibor va mas’uliyat bilan yondashishlari talab qilinadi xolos. Matnlarni to‘g‘ri kiritish, turli texnik tomondan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimi haqida esa yuqorida batafsil to‘xtalib o‘tdik.

Xulosa
Guvohi bo‘lib turganingizdek, veb-saytlarda odatda uchraydigan savodsizlik ko‘rinishlarini bartaraf qilishning texnik tomonlari unchalik qiyin emas. Lekin, asosiy masala bu maslahatlarga veb-saytlar ijodkorlarining qanchalik amal qilishlaridadir. Agar sayt ijodkorlari taqdim qilinayotgan matnning maqolada ko‘rsatib o‘tilgan muammolardan xoli bo‘lishiga alohida e’tibor qaratmas ekanlar, ko‘plab yangi va qulay klaviatura tugmalari tartibi, o‘zbekcha harflarni to‘g‘ri ifodalovchi shriftlar, son-sanoqsiz imlo xatolarni tekshiruvchi dasturlar bo‘lsada bu muammolar o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. Shuni unutmaslik kerakki, veb-sayt o‘z ijodkorlarining Internet tarmog‘idagi yuzidir. Undagi matnning qanchalik e’tibor bilan tayyorlanganligi foydalanuvchilarga ham bo‘lgan e’tiborni ko‘rsatadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq