“Bilayn”dan yangi yil taklifi: 2010 so‘mga 2,010 AQSh dollari
26.11.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Bilayn” yagona aloqa operatori (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) antiqa yangi yil taklifi haqida ma’lum qiladi. 2009 yilning 31 dekabriga qadar atigi 2010 so‘mga “Oddiy narsalar bonus” tarif rejasiga ulangan abonentlar, o‘z hisob raqamlarini 2,010 AQSh dollariga to‘ldiradilar.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MChJ Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha katta mеnеjеri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Ishonchimiz komilki, bizning abonentlarimiz yangi taklifni yuqori baholashadi. “Oddiy narsalar bonus” tarif rejasining shartlari o‘ziga yarasha judayam jozibador, mazkur tarif rejasi bilan esa haqiqiy yangi yil sovg‘asiga aylanmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, “Oddiy narsalar bonus” tarifi abonentlari 2 AQSh dollari sarflab “Bonus” xizmatini faollashtirganda, hafta davomida muloqot uchun 4 AQSh dollari olishadi. 4 AQSh dollari qo‘shimcha balansga tushib, faqatgina mahalliy qo‘ng‘iroqlar hamda SMS-xabarlariga sarflanadi. Qolgan barcha xarajatlar (qo‘shimcha xizmatlarni faollashtirish narxi, internet-trafik uchun xarajat, xalqaro qo‘ng‘iroqlar va boshqa xizmatlar) asosiy balansdan sarflanadi. Xizmatni faollashtirish kodi: *110*222#.

“Oddiy narsalar bonus” tarif rejasi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan www.beeline.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq