“Bilayn” Andijon viloyatida tarmoq qamrovini kеngaytirmoqda
23.11.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Bilayn” yagona aloqa opеratori (Unitel MChJ va Buzton MChJ QK) Unitel MChJ ning Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlariga xizmat ko‘rsatuvchi Sharqiy hududiy filiali hududida GSM tarmog‘i qamrovi kеngaytirilganini xabar qiladi.

Voqеani izohlar ekan, Unitel MChJ Sharqiy hududiy filiali dirеktori Erkin Ochildiyеv shunday dеdi: “Taqdim etilayotgan xizmatlar sifati hamisha bizning eng asosiy ustunliklarimiz qatorida qolmoqda. Abonentlar bazasining o‘sishi hamda USB-modemlarning mashhurligi “Bilayn” tarmog‘ini takomillashtirishni bizning bu yildagi hamda keyingi yildagi asosiy vazifamizga aylantirmoqda”.

Andijon shahrida tarmoq hajmining kengayganligidan tashqari qo‘shimcha uskunalarning o‘rnatilishi Andijon, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Xo‘jaobod va Shahrixon tumanlarida radio qamrovni yaxshiladi. Bundan tashqari ma’lumotlar uzatish servisini optimallashtirish EDGE tezkor texnologiyasi bo‘yicha mobil Internetni taqdim etish sifatini sezilarli darajada oshirdi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq