Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi
05.10.2009
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Prezidentimiz Islom Karimov rahnomoligida yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yigit-qizlarimiz o‘z iqtidorini to‘la namoyon etishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Yoshlarning salohiyatini yuksaltirish borasida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralarini bermoqda.

Bugungi kunda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining ikki fakultetida to‘rt yo‘nalish bo‘yicha 920 nafar talaba ta’lim olmoqda. Ularga 70 dan ortoq professor-o‘qituvchi saboq berayotir.

aci_5_10_2009

Filialning yangi o‘quv binosida yoshlarning zamonaviy bilim olishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan. O‘quv xonalari zamonaviy ta’lim-tarbiya jihozlari, texnik vositalar bilan ta’minlangan. Bu yerda yoshlar uchun axborot-resurs, kompyuter va til o‘rgatish markazlari ishlab turibdi. E’tiborli jihati, barcha kompyuterlar internet tarmog‘iga ulangan bo‘lib, talabalar axborot texnologiyalarining eng so‘nggi yutuqlaridan bemalol foydalanishi mumkin.

Binoning ochilish marosimida Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti rektori S.Qosimov, mazkur universitetning Farg‘ona filiali direktori R.Teshaboyev va boshqalar yurtimizda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlashga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarimizning zamon talablari darajasida ta’lim olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida to‘xtaldi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi H.Ne’matov ishtirok etdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq