MTS mobil Internetidan foydalanish 4 baravar arzonlashdi
02.10.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«Мобильные ТелеСистемы» (NYSE: MBT) OAJning 100% sho’ba kompaniyasi hisoblangan eng yirik aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi 2009 yil 1 oktabrdan 1 noyabrgacha «Tungi Internet» xizmati foydalanuvchilari uchun 1 Mb tungi trafik narxi $0,04 ni tashkil etishini xabar qiladi

MTS-O’zbekiston kompaniyasi abonentlari uchun navbatdagi xushxabar. Enfi bir oy davomida «Tungi Internet» xizmati foydalanuvchilari har kuni soat 01:00 dan 08:00 gacha 1 Mb trafik narxi atigi $0,04 narxida mobil Internetdan foydalanishlari mumkin.

«Mobil Internet kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi va u nafaqat saytlarni ko’zdan kechirish va elektron pochtadan foydalanish, balki katta hajmli grafik va video-fayllarni ko’chirib olish imkonini beradi. Shu sababli kompaniyamiz doimo o’z abonentlariga mobil Internetdan foydalanishning eng qulay shartlarini taklif qiladi», – deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasining tijorat bo’limi bosh direktori o’rinbosari Nuriddin Shodmonov.

«Tungi Internet» xizmati narxlari:

mts_uz_2_10_2009

«Tungi Internet» xizmatiga ulanish:

• *111*0241# USSD-komanda yordamida;
• «Mobil portal» yordamida, *111#;
• 616024 raqamiga «1» raqamini SMS orqali yuborib;
• «Shaxsiy kabinet» orqali.

*Xizmatni yoqish/o’chirish – bepul;
*«Tungi Internet» xizmatidan foydalanish uchun abonent to’lovi yo’q;
* WAP/MMS/GPRS-Internet xizmatidan foydalanish uchun abonent to’lovi – $0,02 kuniga.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq