“Nima? Qayerda? Qachon?”: “Bilayn” jamoasining navbatdagi muvaffaqiyati
11.09.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Bilayn” yagona aloqa operatori navbatdagi “Nima? Qachon? Qayerda?” turnirida “GolfSTREAM” jamoasi ishtirokining natijasi haqida ma’lum qiladi.

5 sentabr kuni Zarafshon shahri chekkasida Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati kon boshqarmasining kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Zarafshondagi “Nima? Qachon? Qayerda?” klubi tomonidan tashkillashtirilgan “Nima? Qachon? Qayerda?” o‘yini bo‘yicha II Qizilqum Kubogi musobaqasi o‘tkazildi. Kubok musobaqasida Toshkent (4 ta), Samarqand (1 ta) va Navoiy viloyatidan (15 ta) umumiy hisobda 20 ta jamoa ishtirok etdi. Dmitriy Vagapov boshchiligidagi “GolfSTREAM” jamoasi poytaxtning “Nikita Mobayl TT” va MDU ning Toshkent filiali terma jamoasi talabalaridan so‘ng faxrli III o‘rinni egalladi.

bee_11_09_2009

“Buzton” QK MChJ ning ommaviy xizmatlar sotuvi bo‘limining boshlig‘i Dmitriy Vagapov: “Turnir davomida necha marotaba takrorlandiki, hozirda zamonaviy bilimdonlar uchun asosiy bilim manbai bu internetdir. Zarafshonlik o‘yinchilar bilan norasmiy suhbat davomida shu narsa aniqlandiki, ularning ko‘pchiligi “GolfSTREAM” taqdim etayotgan keng polosali FTTB Internet tarmog‘idan foydalanishar ekan. Umid qilamizki, bizning mamlakatimizda yangi texnologiyaning ommaviyligi “Nima? Qachon? Qayerda?” o‘yinining mashhurligi singari yuqori sur’atlarda o‘sadi”.

bee_11_09_2009_1

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida “Bilayn” Zarafshonda FTTB (inglizcha fiber to the building – “optika uyda”) tarmog‘ining qurilishini yakunladi. Shu bilan butun shahar sekundiga 100 Megabit tezlikda bo‘lgan keng polosali tarmoq xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq