“Bilayn” – ICTExpo 2009 ning Bosh homiysi
09.09.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Bilayn” yagona aloqa operatori har yili o‘tkaziladigan axborot texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi ICTExpo 2009 ning Bosh homiysi bo‘ldi. Tadbir O‘zbеkiston Axborot tеxnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tomonidan O‘zbеkiston aloqa va axborotlashtirish agеntligining ko‘magida tashkillashtiriladi.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MChJ Bosh direktori Igor Pilyugin qayd etdi: “Birinchi bor bundan uch yil avval tashkil etilgan ICTExpo ko‘rgazmasi bugun O‘zbekiston hududida AKT sohasidagi eng yirik va o‘ziga xos bo‘lgan tadbirdir. Bu yil uning ekspozitsiyasi bir qator mamlakatlardan kelgan 90 dan ortiq qatnashchi-kompaniyalarning stendlari bilan bezatiladi. Aynan shuning uchun bizga Bosh homiy sifatida ishtirok etish katta faxrdir”.

Eslatib o‘tamiz, “Unitel” va “Buzton” larni birlashtirish bo‘yicha yakunlangan biznes-jarayonlar “Bilayn”ni mahalliy Internet-xizmatlar bozorining yetakchisiga aylantirdi. Kompaniya tomonidan Dial-up, WAP, ADSL va GPRS dan EDGE (2,5G), UMTS (3G) va HSDPA (3,5G) gacha bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, sekundiga 100 Megabit tezlikda ma’lumotlarni uzatish imkoniyatini beruvchi FTTB optik tolali tarmoqning qurilishi bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.

Aynan shuning uchun ham keng polosali Internet tarmog‘i ICTExpo 2009 doirasida “Bilayn”ning asosiy ekspozitsiyasi bo‘ladi. Jumladan, “Bilayn” stendida ommaviy bozorda keng polosali internet tarmog‘iga ulanish xizmatini ko‘rsatuvchi “GolfSTREAM” savdo belgisi namoyish etiladi. Mobil sektor ham chetda qolmaydi: tobora ommabop bo‘layotgan “Bilayn”ning USB-modemlari simli va simsiz internetning narxlarini tenglashtirgan inqilobiy “Klik Maksi” tarif rejasi bilan birgalikda joylashtiriladi.

O‘zbеkiston Axborot tеxnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi kengashi raisining o‘rinbosari Aleksandr Suchkov: “Aynan “Bilayn”ning axborot texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi ICTExpo 2009 ning Bosh homiysi bo‘lganligi biz uchun judayam quvonarli, sababi kompaniya har doim innovatsion yechim va xizmatlarni taklif etib keladi. “Bilayn”ning qo‘llab-quvvatlashi natijasida ko‘rgazma tashkilotchilari ko‘pgina ijtimoiy yo‘nalishdagi loyihalarni namoyish etishlari, shuningdek turli xildagi aksiya va tanlovlarni o‘tkazishlari mumkin. “Bilayn” barchamizni hayotning yorqin tarafida bo‘lishga taklif etadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari olamidan nima ham yorqinroq bo‘lishi mumkin”.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq