“O‘zimning davram”: “Bilayn Biznes”dan 2 marta ko‘p muloqot
04.09.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Bilayn” yagona aloqa operatori korporativ mijozlar uchun 2009 yil 1 sentabridan “O‘zimning davram” tarif rejasining yaxshilangani haqida ma’lum qiladi.

Endilikda “O‘zimning davram” tarifi abonentlari hamkorlari va hamkasblari bilan imtiyozli narxlarda muloqot qilishlari mumkin, sababi tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar narxi atigi 0,01 AQSh dollari. Shahar telefonlari va O‘zbekistondagi boshqa mobil aloqa operatorlari raqamlariga chiqish qo‘ng‘iroqlari ham 0,02 AQSh dollarigacha kamaytirilgan.

Voqeani sharhlar ekan, “Bilayn Biznes” yo‘nalishining rahbari Ivan Smolentsev ta’kidladi: “Biz ishonamizki, mazkur qaror mijozlarimizning biznes-kommunikatsiyalari samarasini oshirishga xizmat qiladi. Endilikda ular aloqa xizmatiga xarajatlarni oshirmagan holda, ikki marotaba ko‘proq muloqot qilish imkoniyatiga egalar”.

Mazkur tarif rejasining qolgan barcha shartlari o‘zgarishsiz qolgan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq