“Paxtakor”: futbol hayotning yorqin tarafida
24.08.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Bilayn” yagona aloqa opеratori futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining o‘n karra sohibi – “Paxtakor” klubi uchun yagona uyali aloqa operatori etib tanlangani haqida ma’lum qiladi.

“Paxtakor” FK bilan muzokaralar 2009 yilning mart oyidan beri olib borilayotgan edi. “Unitel” MChJ ning Toshkent hududiy filiali mutaxassislari klub vakillari bilan bir nechta uchrashuv o‘tkazishdi, uning natijasiga ko‘ra “Bilayn Biznes” xizmatlariga “Paxtakor”ning ham rahbarlari, ham o‘yinchilar tarkibi qo‘shildi.

Voqeani sharhlar ekan, “Bilayn Biznes” yo‘nalishining rahbari Ivan Smolentsev ta’kidladi: “Mazkur shartnoma biz uchun alohida ahamiyatga ega: endilikda “Bilayn” aloqasining ustunligini O‘zbekiston terma jamoasining asosiy qismini tashkil etuvchi hamda yurtimizning eng nomdor jamoasi futbolchilari baholashlari mumkin. Umid qilamizki, “paxtakorchilar”ga korporativ mijozlarga nisbatan tanlangan individual yondashuv ma’qul keldi”.

“Paxtakor” jamoasining sardori, O‘zbekiston terma jamoasining yarim himoyachisi Odiljon Ahmedov: “Klub rahbariyati bizga “Unitel” kompaniyasi bilan shartnoma imzolangani haqida ma’lum qilganida, biz yigitlar bilan o‘zimiz jamoada to‘p suradigan raqamlarga mos raqamlarni to‘g‘irlab berishlarini iltimos qildik. Bu va shu kabi boshqa masalalarni tezkorlik bilan hal etgani uchun “Bilayn”ga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ha, aytgandek, shartnoma tuzilishi bilan men va jamoaning boshqa o‘yinchilari kompaniya ofisiga borib, o‘zimizning qadrdonlarimiz va yaqinlarimiz uchun qo‘shimcha raqamlarni ulatdik”.

“Paxtakor” FK Bosh direktorining o‘rinbosari Oybek Qosimov: “Bizning “Bilayn” bilan hamkorligimiz judayam muvaffaqiyatli boshlandi: shartnoma imzolangandan keyin ko‘p o‘tmay biz o‘z tariximizda o‘ninchi bor O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdik. Umid qilamanki, o‘zaro manfaatli hamkorligimiz bundan keyin ham bizga faqat omad keltiradi”.

Hozirda hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rganilib chiqilmoqda.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq