“Bilayn” tennischilarni qo‘llab-quvvatladi
21.08.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«Bilayn» yagona aloqa opеratori, 8-15 avgust kunlari Samarqand shahrida erkaklar o‘rtasida tennis bo‘yicha xalqaro “Chellenjer” turniriga hamkor bo‘lgani haqida ma’lum qiladi.

Dunyoning 26 mamlakatidan sportchilarni to‘plagan butun musobaqa davomida, turnirning Tashkiliy qo‘mitasi hamda hakamlar brigadasi “Bilayn”dan keng polosali Internetdan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlandilar.

beeline_21_08_2009

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MChJ ning Markaziy hududiy filiali direktori Bahrom Mahatov dedi: “Turnir tashkilotchilari Internet-xizmatlarni yetkazib beruvchilarni tanlash davomida aynan bizning kompaniyamizga to‘xtalishganidan faxrlanamiz. Xalqaro darajadagi musobaqalarda ishtirok etish “Bilayn” tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatli hamda ishonchliligidan darak beradi”.

Mukofot miqdori 35 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan Samarqandda o‘tgan “Chellenjer” turniri katta tennis sohasidagi yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq