“Bilayn” yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar beradi
20.08.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«Bilayn» yagona aloqa opеratori aloqa xizmatlari uchun hisob-kitoblar bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar taqdim etilayotgani haqida ma’lum qiladi.

Endilikda yakka tartibdagi tadbirkorlar “Bilayn” xizmatlari uchun naqd shaklda haq to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunda to‘lovni ham naqd shaklda, ham banklarning plastik kartochkasi va to‘lov kartalari yordamida kompaniya ofisi yoki hamkorlar tarmoqlari orqali amalga oshirish mumkin.

Voqeani sharhlar ekan, “Bilayn Biznes” yo‘nalishining rahbari Ivan Smolentsev qayd etdi: “Biz ishonamizki, mazkur qadam yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yanada qulay sharoitlarni yaratgan holda, bizning korporativ xizmatlarimizning jozibadorligini oshiradi. Endilikda “Bilayn Biznes” kategoriyasidagi mijozlarimiz o‘zlari uchun qulay bo‘lgan shaklda aloqa xizmatlari uchun haq to‘lashlari mumkin”.

Shartnomani qaytadan tuzish uchun “Bilayn Biznes” mijozi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar kompaniyaning xizmat ko‘rsatish va sotuvlar bo‘yicha ofisiga borishlari zarur. Bunda o‘zlari bilan passport, Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma hamda muhr olgan bo‘lishlari kerak.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq