1 Mb uchun 5 so‘m: «Bilayn»dan “Klik Maksi»
19.08.2009
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«Bilayn» yagona aloqa operatori 2009 yilning 20 avgustidan boshlab «Klik Maksi» tarif rejasi shartlarining yaxshilanganligi haqida ma’lum qiladi.

Yangilangan tarifning asosiy ustunligi Internet-trafikning nihoyatda arzonligi bo‘lib, u 1 Mb uchun atigi 5 so‘m turadi.

Voqeani sharhlar ekan, «Unitel» MChJ ning Tijorat direktori Andrey Solouxin ta’kidladi: «Yangi taklif faol Internet-foydalanuvchilar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi. «Bilayn» keng tarqalgan GPRS dan tashqari EDGE va 3G texnologiyalari bazasi asosida sifatli keng polosali internet uchun nihoyat darajada arzon narxlarni taklif qilmoqda. Endilikda bizning har bir abonentimiz katta hajmdagi ma’lumotlarni yuklab olgan holda mobil Internet uchun o‘z mablag‘larini nazorat qilishi mumkin».

Bunda «Klik Maksi» tarif rejasi uchun har kunlik abonent to‘lovi 1500 so‘mni tashkil etadi.

Bundan tashqari, yangilangan tarif rejasi USB-modem va shaxsiy kompyuter yordamida mobil telefondan foydalanmagan holda 3G va EDGE tezligida Internet tarmog‘iga ulanishning kompleks yechimi bo‘lgan «Internet uyda» xizmati bilan ajoyib tarzda uyg‘unlashadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq